Germaniyada odamlar o‘lganidan keyin kelajakda tiriltirilishi uchun jasadlarini vaqtinchalik muzlatib qo‘yish xizmati ishga tushdi. Tomorrow Bio deb nomlangan startap uchun allaqachon mijozlar mavjud. Bu haqda Hindustan Times xabar berdi.
Jasadni saqlab qo‘yish jarayonida tana 198 darajagacha sovitilib, “biostaz” holatiga o‘tadi. Organizmdagi barcha biologik jarayonlar to‘xtaydi. Loyiha egalari kelajakda muzlatilgan jasadlarni tiriltirish mumkinligiga, xususan bunga qodir texnologiyalar yaratilishiga ishonch bildirmoqda. Ular mijozlarga 2 xil tanlov beradi: butun tanani muzlatish taxminan 200 ming yevro, faqat miyani muzlatish esa 75 ming yevro turadi.
“Odamlar kimligi va moliyaviy imkoniyatlaridan qat’iy nazar, qancha yashashni tanlashi mumkin bo‘lgan dunyo yaraladi. Hatto o‘limga ham chora topiladi”, deb ta’kidlagan Tomorrow Bio kompaniyasi.
Shu paytgacha kompaniya olti nafar odam va beshta uy hayvonini kriokonservatsiya qilgan, ya’ni muzlatgan. Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun ro‘yxatda yana 650 kishi navbatda turibdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kriokonservatsiya jarayoni inson o‘limidan so‘ng amalga oshiriladi. Yevropaning turli shaharlarida jasadlarni Shveysariyadagi asosiy muassasaga yetkazish uchun maxsus tez yordam mashinalari ishga tushirilgan. Berlin, Amsterdam va Syurixda ham xizmat ko‘rsatish punktlari ochilgan. Yevropa Biostaz jamg‘armasi loyiha hamkori hisoblanadi.
Тасодифий хабарлар
Ижтимоий тармоқларда тарқалган Сумалак атрофида ярим-ялонғоч ўйнаган қизлар устидан суриштирув бошланди
Ўзбекистонга биринчи марта Pfizer вакцинаси олиб келинди
«Соқол қўйиш-қўймаслик масаласига аралашишга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ» — ИИВ «соқол тадбири» ҳақида тарқалган аудиога изоҳ берди
Рекорд натижа! Ўзбекистонда бир куннинг ўзида мингдан ортиқ киши коронавирусдан тузалди
Apple янги iPhone ишлаб чиқаришни йўлга қўяди