Unda Shuhrat G‘aniyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan nutqi tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda komissiya vakillari Farg‘ona viloyat hokimining majlislardan birida ayollarning ro‘mol o‘rashi bilan bog‘liq fikrlari uchun qattiq qoralashgan va qat'iy chora ko‘rilishini so‘rashgan.
Shuhrat G‘aniyev ham ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga bildirilayotgan tanqidlar to‘g‘riligini e'tirof etib, o‘zining aybini tan olgan.
«Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘layotgan muhokamalar to‘g‘ri. Aybimni tan olaman. O‘zimni oqlash uchun biror so‘z topa olmayman. Mening avlodim, ota-onam milliy liboslar kiyadi. O‘zim ham uyimda milliy libos kiyaman. O‘sha majlisda quyushqondan chiqib ketganman. Imkoniyat bersangiz, xulosa chiqarib, chin dildan mehnat qilaman. Har qanday jazoga loyiqman.
Xalqdan va Prezidentdan kechirim so‘rayman. Imkon berilsa, chin dildan mehnat qilishga tayyorman», deya viloyat hokimining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz.
Yakunda Senat raisi Tanzila Norboyeva tomonidan Shuhrat G‘aniyev qattiq tanqid qilinib, unga qat'iy ogohlantirish va uch oylik sinov berilgan.
Тасодифий хабарлар
Кувайт амири вафотидан сўнг мамлакатга янги амир тайинланди
Ўзбекистонда долларнинг расмий курси кўтарилди
Расман: Мактаб, лицей ва ОТМда таълим онлайнга ўтказилди
Туркияда ўлдирилган аёлнинг жасади Ўзбекистонга қайтарилди
Инспекторлар боди-камерадан нима мақсадда фойдаланишади?