Pekinda dunyodagi eng katta deb e’tirof qilinayotgan xalaqaro Dasin aeroporti ochildi: uning rasmiy ochilishi 30-sentabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, lekin dastlabki reyslarni amalga oshirish besh kun avval boshlandi. Yangi aeroport xizmatlaridan SkyTeam alyansiga a’zo barcha aviakompaniyalar foydalanadi, xususan Rossiyaning “Aeroflot”i ham, deb yozadi Tjournal.
Aeroport besh yil davomida qurilgan. 22025-yilda Dasinning yo‘lovchi o‘tkazish quvvati yiliga 72 million yo‘lovchiga yetadi va keyinchalik bu ko‘rsatkich yiliga 100 million yo‘lovchiga o‘sishi mumkin.
Dasin dunyo aeroportlari orasida eng murakkab muhandislik loyihasi ekanligi ta’kidlangan. Ushbu ulkan inshootni Zaha Hadid arxitektura byurosi loyihalashtirgan. Aeroport binosi yulduz shaklida bo‘lib, uning har bir burchagida o‘ziga xos ichki dizaynga ega. Ular Xitoy bog‘i ko‘rinishida, milliy an’analarga mos ravishda bezatiladi. Shuningdek, elektr energiyasini tejash maqsadida binoda tabiiy yoritish va ventilyatsiya imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanilgan.
Professional fotograflar, jurnalistlar va aeroport xodimlari Instagram’ga ulkan inshootning ushbu suratlarini yuklagan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Тасодифий хабарлар
Тезликни оширган автобус ҳайдовчилари ишдан ҳайдалди
Ўзбекистонда энг қиммат ош қаерда ва нархи қанча?
CNN: пандемия дунё океанига ҳам хавф солмоқда
Ўзбекистон армияси Марказий Осиёда етакчига айланди
Хоразмда Адлия ва ФВБ раҳбарлари Меҳрибонлик уйи қизлари билан жинсий алоқада бўлиб келгани ошкор бўлди