Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Farhod Mahmudov Prezident administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda “Kun.uz” manbasi xabar bermoqda. U endi Zaynilobiddin Nizomiddinovga OAV masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlik qiladi.
Muqaddam O‘zMTRK “O‘zbekiston 24” telekanali bosh muharriri lavozimida ishlagan Farhod Mahmudov 2018-yil sentabrida Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati bo‘yicha Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar etib tayinlangan edi.
Farhod Mahmudov 1973-yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan. U 1996-yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi jurnalist. 2008-yil “Mehnat shuhrati” ordeni, 2018-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Farhod Mahmudov 1995-yildan buyon O‘zMTRK tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
Тасодифий хабарлар
Оғзида 951 грамм олтин яшириб ўтаётган икки ўзбекистонлик ушланди
Президент хиёнатда айблаган Акром Раҳмонқулов 7,6 йилга қамалди
Отабек Умаров: «Автоулов «тонировка»си хавфсизлик масалаларини ҳал қилишда ва таъминлашда бизга тўсиқ бўлолмайди. Ушбу масала кўриб чиқилмоқда»
Исроил ва Эрон ўт очишни тўхтатишга келишиб олди – Трамп
Фото: Миллий гвардия Наманганда шартли қуролланган террорчиларни зарарсизлантириб, яксон қилди