Huawei kompaniyasi yangi Mate 30 flagman smartfonlarini taqdim etdi. Yangi smartfonlar Google servislarisiz ishlashi e’tiborga molik. Shu tufayli kompaniya 10 mlrd foyda yo‘qotishi prognoz qilinmoqda.
Xitoyning Huawei kompaniyasi yangi flagmanlarini taqdim qildi.

Smartfon Google servislarisiz ishlaydi
Qurilma Android operatsion tizimiga ega bo‘lsada, Google Play va YouTube kabi Google xizmatlariga bog‘lanish imkoni yaratilmagan. Bu kompaniyaning AQSh hukumati bilan sodir bo‘layotgan nizosi sabab bo‘lgan.
Myunxenda o‘tkazilgan taqdimotda kompaniya Mate 30 Pro, shuningdek uning soddalashtirilgan varianti Mate 30 smartfonlarini tanishtirgan.
Zarar 10 mlrd dollar atrofida baholanmoqda
Huawei ancha vaqtdan beri Xitoyda Google xizmatlarisiz smartfonlarini taqdim etadi. Boisi u yerda Google faoliyat ko‘rsatmaydi. Mamlakatda kompaniya joriy yilning ikkinchi choragida smartfonlar bozorining 40% ni egallagan.
Biroq ekspertlarga ko‘ra, boshqa mamlakatlarda Google servislarining yo‘qligi kompaniya uchun jiddiy muammoga aylanishi mumkin. Xitoy texnika gigantining o‘zi esa AQSh kompaniyasi bilan aloqani uzish tufayli 10 mlrd dollar foydani yo‘qotishi mumkinligini prognoz qilmoqda.
Тасодифий хабарлар
Андижонда ИИО ходими “заправка”да навбатда турган фуқарони калтаклади
Жиноятчи амалдорлар 4 йилда давлат ва жамиятга 3,5 трлн сўм зарар етказган
Тошкентдаги об-ҳаво туфайли қатор авиарейслар кечиктирилди
Қалтис геосиёсат: Хитой мудофаа харажатларини кескин оширмоқда
Уханда беморларни даволаган шифокорлар Ўзбекистонга келди