Andijon viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi.
25 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Nuriddin domla Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. 1992 yilda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasini, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007 yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.
Ish faoliyati davomida Nuriddin Xoliqnazarov Andijon viloyati Asaka shahri «Ahmadali Maxdum» jome masjidi imom-xatibi, Toshkent shahri Yunusobod tumani «Oq tepa» jome masjidi imom-xatibi va shu kunga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.
Shu paytgacha poytaxt bosh imom-xatibi vazifasida mehnat qilib kelgan Rahimberdi Rahmonov «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifasida ish faoliyatini davom ettiradi
Тасодифий хабарлар
Журналист ҳалок бўлган ЙТҲ ҳақида маълумот берилди. Яна уч қурбон бор
Ikki yil ichida oltin va kumush qazib chiqarish 300 tonnaga etkaziladi
Америкалик блогер 456 минг доллар пул тикиб ҳақиқий “Кальмар ўйини” уюштирди
“Вазирларнинг Тошкентда ўтиришга нима ҳаққи бор?” — Шавкат Мирзиёев
Тошкентда йигит бошқа бир йигитни ўлдириб, севган қизини пичоқлади