O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari muzokaralari yakunida imzolangan hujjatga muvofiq, O‘zbekistonda «Volkswagen» kompaniyasi bilan hamkorlikda tijorat avtomobillari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi ma’lum bo‘lgandi.
Kun.uz'ning «O‘zavtosanoat»dagi manbasi ma’lumotiga ko‘ra, Volkswagen Caddy, Volkwagen Crafter, Volkswagen Tiguan hamda Skoda Octavia rusumli mashinalar O‘zbekistonda ishlab chiqarish uchun tanlab olingan.
«22 may kuni o‘tkazilgan muzokaralar yakuni bo‘yicha Volkwagen kompaniya bilan ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan avto modellar tanlab olindi. Unga muvofiq, Caddy 5 avlod rusumi (7 o‘rinli yo‘lovchi tashish uchun qulay mikroavtobus va mniven) va Crafter (5 tonnagacha yuk ortish mumkin bo‘lgan furgon va 18 o‘rinli avtomobil), C klass Skoda Octavia hamda Tiguan ishlab chiqarilishi dastlabki rejaga kiritildi», — deyiladi manba axborotida.
Volkswagen Caddy
«O‘zavtosanoat» AJ ushbu masalada ma’lumotlarni oshkor etmaslik bo‘yicha kelishuv imzolangani tufayli, rasmiy ma’lumot vaqtincha berilmasligini ta’kidladi.
«Zavod Samarqandda quriladi»
2017 yili O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning Germaniyaga rasmiy tashrifi doirasida «O‘zavtosanoat» va Volkswagen AG konserni o‘rtasida JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasida Volkswagen Amarok pikaplarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rilgandi. Loyiha 2018-2019 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgandi.
Volkwagen Crafter
JV MAN Auto-Uzbekistan Markaziy Osiyodagi MAN rusumidagi yuk va yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan transport vositalari ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. 2009 yilning avgust oyida tashkil etilgan kompaniya Samarqand viloyatida joylashgan. Ayni paytda O‘zbekiston — Germaniya qo‘shma korxonasi hozirda 15 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega zamonaviy MAN tijorat avtotransport vositalarini ishlab chiqarmoqda. Ammo Volkswagen bilan erishilgan kelishuv oxirgi ikki yilda qayta eslanmadi.
«O‘zavtosanoat» Volkswagen'ga istiqbolli sherik sifatida qaragan
«O‘zavtosanoat» boshqaruv raisi lavozimida ishlagan Umidjon Salimov Asakadagi General Motors Uzbekistan aksiyalari milliylashtirilgandan so‘ng, GM’ning o‘rniga Yevropa ishlab chiqaruvchisi kelishi mumkinligini ta’kidlagandi. 2018 yil may oylarida u ehtimoliy sherik sifatida Volkswagen’ni tilga olgandi.
Oradan bir oy o‘tib, Germaniyaning Volkswagen avtomobil konserni va «O‘zavtosanoat» O‘zbekiston hududida birinchi qo‘shma modelni ishlab chiqarish bo‘yicha liniyani ishga tushirishni deyarli muvofiqlashtirib olgani ma’lum qilindi.
Volkswagen Tiguan
«Volkswagen bilan hamkorlikni olti oy oldin boshladik. Ularda bu yerda muqobil ishlab chiqarishni tashkil etishga ma’lum bir qiziqish mavjud. Bu bizning boshqa brendlar ishlab chiqarilishi bo‘yicha manfaatlarimizga mos keldi, sababi multibrending bizning ustuvor vazifalarimizdan biri», — degandi Umidjon Salimov.
Istiqbolli yo‘nalish — bu Amarok pikapi, u muvofiqlashtirish jarayonida bo‘lgan.
Prezidentning Volkswagen vakillari bilan uchrashuvlari
2019 yil yanvar oyida Germaniyaga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Ular qatorida Volkswagen rahbariyati ham bo‘lgan.
Joriy yilning may oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisining o‘zbek bozorida ish boshlashini qo‘llab-quvvatlagan.
Skoda Octavia
Shunga qaramay, zavodni qurish, kompaniya faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rasmiy ma’lumot tarqatilmadi. Bo‘lajak zavod qayerda ish boshlashi ham noma’lum.
Ma’lumot uchun, bosh qarorgohi Germaniyaning Volfsburg shahrida joylashgan Volkswagen AG dunyodagi yetakchi yirik avtomobilsozlik konsernlaridan biri sanaladi. Konsern dunyoga mashhur 20 brendni o‘zida birlashtirgan: Volkswagen, Audi, Seat, Skoda, Bentley, Bugatti, Lamborghini, Porsche, Ducati, Scania va MAN shular sirasidandir.
Тасодифий хабарлар
Ўзбекистонда сўнги 11 ойда қайси ҳудудда энг кўп туғилиш қайд этилди?
Ўзбекистонда коронавирусга чалинганлар сони 50 000 нафарга яқинлашмоқда
Шавкат Мирзиёев 1 апрелдан бошлаб Тошкентдан пропискасиз уй олишга рухсат берувчи фармонни имзолади
Yarim finalgacha faqat ikki bokschimiz yetib keldi
Расул Кушербаев UzAuto Motors машиналарини олиш учун 85 фоизлик олдиндан тўлов тартибини танқид қилди