Rossiyalik komik Maksim Galkin Sibirdagi yong‘inlarni o‘chirish «moda»si haqidagi posti uchun o‘zini oqladi va jamiyatni infantil deb atadi. U bu haqda Instagram sahifasiga joylashtirgan videosida ma’lum qildi.
Avvalroq, Galkin o‘z sahifalarida Sibirdagi yong‘inlarga qarshi kurashishga chaqirgan zamonaviy blogerlarni tanqid qilgan edi. Uning fikriga ko‘ra, ular nosamimiy va ushbu «Sibirdagi yong‘inlar» mavzusi orqali mashhurlikka erishishni istagan. Ko‘pgina ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uning bu postidan g‘azablandi.
Qiziqchi o‘zining yangi videosida bunday ijtimoiy faollik namoyon bo‘lishi nuqtai nazaridan jamiyatning infantilligini nazarda tutganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zining zamonaviy muammolar bilan qiziqishlarini ko‘rsatadigan ijtimoiy tarmoq yulduzlarining ikkiyuzlamachiligidan jirkanadi. «Bu bilan, o‘rmon o‘chib qolmaydi»,— deb xulosa qildi u.
Galkin rossiyaliklarni biror muammo oqibatlari haqida xulosa chiqarish oldidan hamma narsani yaxshilab o‘ylab ko‘rishga chaqirdi, masalan, saylovlar paytida falokatning oldini olishga qodir bo‘lganlarga ovoz berishga. «Biz uch million gektar maydonni o‘chira olmaymiz, hatto bizning amaldorlar tomonidan o‘g‘irlangan barcha narsalar g‘aznaga qaytarilgan taqdirda ham. Menimcha, bu aniq. Biz o‘zimiz istaganday super kuchli emasmiz»,— dedi Galkin.
Тасодифий хабарлар
Дунёнинг нуфузли бешта ОТМлари наманганлик йигитни талабаликка қабул қилди
Давлат солиқ қўмитаси Расул Кушербаевни судга берди
40 фоиздан ортиқ сайловчи овоз берди – сайловни ўтган деб ҳисоблаш мумкин
Ўзбекистонда коронавирусга чалинганлар 58 000 нафардан ошди
Ўҳ-ҳў! Хитой коронавирусдан тузалиш нархини айтди