Özbekiston Vazirlar Mahkamasining “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-2022 yillarda qişloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan boğlaydigan jami 310 ta yangi avtobus yönalişlari (şundan şahar – 60 ta, şahar atrofi – 193 ta, şaharlararo (viloyat içida) – 57 ta) taşkil etiladi.
Tijorat asosida yölovçilar taşiş xizmatini körsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bölgan yuridik şaxslar (taşuvçilar) tomonidan şahar atrofi yoki viloyat içidagi şaharlararo avtobus yönalişida köriladigan zarar miqdori 30 foizgaça (30 foiz ham şu jumlaga kiradi) bölgan yönaliş norentabel avtobus yönalişi bölib hisobga olinadi, Toşkent şahri bundan mustasno.
Taşuvçilarga norentabel yönalişlar böyiça tegişli hududiy komissiyalar tomonidan subsidiya ajratiladi.
Qarorga köra, Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan:
• tijorat banklarining Yangilaş paramertlari doirasida avtobus va mikroavtobus xaridi uçun ajratiladigan kreditlar böyiça kredit summasining 50 foizigaça (50 foiz ham şu jumlaga kiradi), biroq 8 mlrd sömdan ortiq bölmagan miqdorda kafillik beriladi;
• taşuvçilarga ajratilgan kredit foiz stavkasining 5 foizdan ortiq bölmagan qismi qoplab beriladi.









