Lola Karimovaning ilk kitobi naşrdan çiqdi

Lola Karimovaning ilk kitobi naşrdan çiqdi

Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolğiz emassan” fondi hamda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengaşi raisi Lola Karimova-Tillyayevaning ilk kitobi naşrdan çiqdi. Bu haqda xonim Karimova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi. 

Kitob “Be Your Own Harmonist: Awakening Your Inner Wisdom for Physical, Mental and Emotional Wellbeing” deb nomlangan. U ingliz tilida naşr etilgan.

"U har bir insonda mavjud salohiyat; hamda öz fikrlarimiz, ovqatlanşimiz va hissiyotlarimizga ongli ravişda yondaşgan holda qay tarzda öz özimizga yordam berişimiz mumkinligi haqida hikoya qiladi.

Uşbu kitob mening köp yillik ilmiy va maʼnaviy izlanişlarimga asoslangan bölib, inson salomatligi va uyğunligiga erişiş uçun qanday amaliyotlarni qöllaş mumkinligi haqidagi maʼlumotni öz içiga oladi.

Köp insonlar uçun murakkab bölgan uşbu davrda, umid qilamanki, naşrda keltirilgan maʼlumotlar siz uçun foydali böladi", deydi Lola Karimova.

Qayd etilişiça, kitobni "Amazon" internet dökoni orqali xarid qiliş mumkin. 

Maʼlumot örnida, Lola Karimova Islom Karimov vafotidan keyin Özbekistonni tark etgan. U turmuş örtoği Temur Tillyayev va farzandlari bilan AQŞda yaşamoqda. Karimova yaqinda "Harmonist" attorlik mollari brendi öziga tegişli ekanini maʼlum qilgandi. 

Eslatib ötamiz, ötgan oy Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmuş örtoği Temur Tillyayevga tegişli bölgan Los-Anjelesdagi 3 ta villa 18,9 million dollarga sotuvga qöyildi.

×