Buxoro Soğliqni saqlaş boşqarmasi devonxona mudirasi pora bilan uşlandi

Buxoro Soğliqni saqlaş boşqarmasi devonxona mudirasi pora bilan uşlandi

Buxoro Soğliqni saqlaş boşqarmasining devonxona mudirasi 500 dollar bilan qölga olindi. Bu haqda Boş prokuraturasi huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boşqarmasi xabar bermoqda.

Taʼkidlanişiça, joriy yilning 2 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boşqarmasi hamda DXX viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.

Holatga köra, Buxoro viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi devonxona mudirasi D.S. 23 yoşli fuqaro X.J.ga uni viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseriga hamşiralikka işga joylaştiriş vaʼdasini bergan. Buning evaziga Buxoro şahridagi «Mironşoh» kafesi oldida X.J.dan 500 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Ayni paytda tergov oldi suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

×