Karantin çeklovlari yumşatilib, kasallanadiganlar soni köpayişi mumkin bölsa ham, vaziyatni nazoratga olişga soğliqni saqlaş tizimi va hokimiyatlarning imkoniyati yetadi.Bu haqida 3 avgust kuni Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi aʼzosi Habibullo Oqilov maʼlum qildi.
Habibullo Oqilovning qayd etişiça, koronavirusga çalinib, kasallikni yengil şaklda ötkazayotgan bemorlarga uyda davolanişga ruxsat berilgaç, koykalarning maʼlum qismi böşagan va bemor qabul qiliş imkoniyati oşgan.
Ayni paytda esa Toşkent şahrida örta oğir holatdagi bemorlarni davolaş va taşxis qöyiş uçun möljallangan tibbiyot muassasalari bazasi yaratilgan, «Tez yordam» orqali olib kelinadigan yordamga muhtoj bemorlarni şifoxonalarga yotqiziş uçun alohida tibbiyot muassasalarida: Toşkent tibbiyot akademiyasi, Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasi, Yuqumli kasalliklar klinikasi, şahar şoşilinç tibbiy yordam klinikasi va Zangiota hududidagi ixtisoslaşgan yuqumli kasalliklar şifoxonasida joy tayyorlangan.
«Hozirgi kunda Toşkent şahrida koyka bilan boğliq muammo yöq. Bu tizimni viloyatlarda ham ommalaştiriş işlari olib borilmoqda.
2-3 hafta oldin xalqni ogoh böliş uçun daʼvat etgan bölsak, hozir özimiz ularga vahimaga örin yöqligini aytmoqçimiz. Hozir vaziyat jilovlangan, şifokorlarimiz tayyor, kerakli asbob-uskunalar şay holatga keltirilgan. Zaxiralar va koyka örinlari ham yetarli», degan Habibullo Oqilov.
U karantin çeklovlari yumşatilib, kasallanadiganlar soni köpayişi mumkin bölsa ham, vaziyatni nazoratga olişga soğliqni saqlaş tizimi va hokimiyatlarning imkoniyati yetarli ekanini taʼkidlagan.
Qöşimça qilinişiça, ixtisoslaştirilgan şifoxonalarning barçasi böşatilgaç, ular dezinfektsiya qilinadi va öz ixtisosligi böyiça faoliyatini boşlaydi. Bu boşqa kasallarga yordam körsatişdagi kamçiliklarni ham bartaraf etadi.









