Dunyodagi eng ahmoqona jinoyatlar

Dunyodagi eng ahmoqona jinoyatlar

Özi aqli butun odam qonunga itoat qilişi, jinoyatdan uzoq bölişi tabiiy.

Ammo dunyoda şunday jinoyatlar borki, bunday qilmişni sodir etganlarning aqlu huşi joyida ekanligiga işoniş qiyin, deydi «hudud24.uz».

Mana ulardan bir qançasi…

Uzoqqa bormagan köngilxuşlik

Rossiyaning Sayansk viloyatida yaşovçi 30 yoşli Dmitriy Lapayev 2018 yilning kuz oylarida Sankt-Peterburgga kelib qoladi va biroz köngilxuşlik qilgisi kelib, Pavel I qasriga kirmoqçi böladi. Aksiga olib, öşa kuni qasr işlamayotgandi. Dmitriy qasr derazasini sindirib içkari kiradi. U yerda qator turgan şohona çodirlarni köradi. Direktor hujrasidan konyak topib, bir şişani böşatadi. Keyin sarxuşlikda qabul zalida rep kuylab, raqsga tuşadi. Xullas şohona hayot gaştini suradi. Quruq qöl bilan qaytişni istamagani uçun 5 million rubl turadigan oltin haykalçani ham özi bilan olib çiqadi. Ammo azamat yigit qasrning har bir xonasida kamera örnatilganidan bexabar bölsa kerak. Ikki soat içida uni Sennoy maydonida qölga olişadi. Sud Lapayevni ikki yarim yilga ozodlikdan mahrum etadi.

Öğriga krossovkasi pand berdi

Voqea ança yillar muqaddam AQŞning Pensilvaniya ştatida röy bergandi. Ikki nafar talonçi Filadelfiyada bir bankni tunamoqçi bölişadi. Ammo bank mutasaddilarining ehtiyotkorligi tufayli ular maqsadiga erişolmaydi. Şeriklardan biri tez fursatda qölga tuşadi. Ammo ikkinçisi çaqqonlik qilib, qoronğilik bağriga özini uradi. Garçi köça qop-qoronği, atrofda çiroqlar bölmasa-da, öğrini tezda tutişadi. Sababi… öğri oyoğiga qadam bosganda tagçarmidagi çiroqçalari yonib öçadigan krossovka kiyib olgandi…

Oçközlik oqibati

Kanadaning Toronto şahri politsiya mahkamasiga bir ayol murojaat qilib, maşinasini öğirlab ketişganini aytadi. Maşina salonida puli va qöl telefoni ham qolib ketganini qöşimça qiladi. Politsiyaçi ayolning raqamiga telefon qiladi. Köp ötmay telefondan erkak kişining ovozi eşitiladi. Politsiyaçi bu raqamni gazetada, maşina sotuvi haqidagi eʼlon ostida qörib qolganini va xuddi şu rusumdagi maşinani izlab yurganini aytadi. Maşina öğrisi darhol “xaridor” bilan uçraşuv joyini kelişib oladi. Qolgani maʼlum… Qiziq, nahotki, sodda öğri maşinani sotib oliş uçun faqat ikki tomonning oğzaki kelişuvi yetarli deb öylagan bölsa?

Buzoqning yugargani…

Rossiyaning Amur viloyati Belogorsk şahrida bir dökonga öğri tuşadi. Uni payqab qolgan keksa qorovul kampir şvabrani kötarib, darhol öşa tarafga oşiqadi. Öğri qölga tuşmaslik uçun özini eşikka uradi. Ammo u şoşib qolib köça eşigi emas, hojatxona eşigini tanlagandi. Xuddi şuni kutib turgan qorovul darhol eşikni tambalaydi va militsiyaga sim qoqadi….

“Milliardlar” izidan

Moskvada yaşovçi abxaziyalik işsiz yigit yaqin oradagi uyda şovçi bir ayolning uyida bir neça milliard dollar borligini eşitib qoladi. Fursat topib ayolning uyiga öğrilikka kiradi. Nihoyat, izlagan milliardlarni topadi. Naq 50 millard dollar. Faqat bu dollar AQŞniki emas, 1981-2009 yillarda  amalda bölgan Zimbabve dollari bölib, u ayni paytda umuman heç qanday qiymatga ega emasdi. Maʼlumki bundan 11 yil ilgari giperinflyatsiya tufayli Zimbabvening milliy valyutasi bekor qilingan edi. Uşbu mamlakatda hatto 100 trillionlik kupyuralar ham çop etilgan. Ayni paytda bu mamlakatda tölov vositasi sifatida AQŞ dollari va JAR randidan foydalanişadi.

Soddalik qursin

Londonlik Brauni Stoun tinçgina poçta bölimida işlab yurganida birdan boyib ketiş istagi unga tinçlik bermay qöyadi. Şu sababli u xizmat kiyimini yeçmagan holda bankka borib, qurol öqtalib pul talab qiladi. Ammo u uyga qaytişi bilan köp ötmay eşik taqillaydi. Ostonada politsiyaçilar turişardi. Maʼlum bölişiça, bank xodimlari talonçining mundiriga yopiştirilgan beydjikdan uning ism-familiyasini öqib olişgan ekan.

Adliya vazirligi masʼul xodimi Rustam Jabborov tayyorladi.

×