«ÖQIŞGA KIRGAN ÖNTA XALQARO UNIVERSITETDAN VESTMINSTERNI TANLADIM»

«ÖQIŞGA KIRGAN ÖNTA XALQARO UNIVERSITETDAN VESTMINSTERNI TANLADIM»

Birvarakayiga qator nufuzli xalqaro oliy öquv yurtlarining talabasi bölayotganlar haqida ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez öqiyapmiz hamda bunday xuşxabarlarni qabul qilişga örganib ketdik. Aslida, şu çöqqiga yetiş uçun uka-singillarimiz özlarini öyin-kulgudan tiyib, tinim bilmay ilm xayoli bilan yotib-turganlarini esa his qilavermaymiz. Ha, yuksak marralar sari intilayotgan kelajagimiz egalarining safi tobora ortib borayotgani ğoyat quvonarli hol.

Namangan şahridagi 34-maktab bitiruvçisi Dovudxon Alijonov tengdoşlaridan iqtidori bilan ajralib turadigan ertamiz bunyodkorlaridan.
Omadi kulgan bilimli yigit bir vaqtning özida 10 ta xorijiy oliy taʼlim muassasasi talabasiga aylanib, hayratlantirdi, havaslantirdi. Endi u Britaniyaning Vestminster, BMU, Essex, Amerikaning Vebster, Hindistonning Şarda, Singapurning MDIST, Koreyaning YODJU, Latviyaning ISMA universitetlari hamda Kembridj xalqaro kollejida öqiş huquqiga ega.

  • Oilada tönğiç farzandman, bolaligimdan otamning mehnat faoliyatiga qiziqişim baland. Iqtisod yönalişi sevimli soham, buyuk iqtisodçi böliş niyat-maqsadimdir. Maktab davrimda ingliz tilini örgandim, bemalol sözlaşa olaman. Çet tili darajasi böyiça xalqaro sertifikatini qölga kiritgaç, matematika fani bilan alohida şuğullandim. Uydagilar dars tayyorlaşim uçun barça şaroitlarni muhayyo etişgan. Mana, hozir ota-onam, öqituvçilarim eʼtibori va izlanişlarim serhosil meva berdi. Bundan keyin ham duogöylarimiz va ustozlarimiz işonçini doimo oqlaş harakatida yuraman, - deydi Dovudxon biz bilan onlayn suhbatda.

Darvoqe, qahramonimizdan «Önta xorijiy OTMdan qaysi birini tanladingiz?» deb söradik. U Vestminsterning Toşkentdagi filialida oliy tahsilni davom ettirişini, öqiş joriy yil sentyabr oyining oxirida boşlanişini, ikkinçi yo uçinçi bosqiçda Amerikaga amaliyot, iş örganiş uçun jönatilişini maʼlum qildi. Yana aytişiça, yuqori körsatkiçlarni qayd etiş oson bölmagan. Test va yozma topşiriqlarni bajariş uçun avvallari çet elga borilardi. Endi esa dunyodagi pandemiya tufayli qabul jarayonlari ham optimallaşgan.

  • Imtihonlarga xonadonimizdan turib, onlayn tarzda axborot texnologiyalari vositasi orqali qatnaşdim. Ijobiy jihati, yöl haqi uçun mablağimiz va vaqtimiz ança tejaldi. Salbiy tarafi ham kuzatildiki, baʼzilar qiynaldi. Yaʼni kompyuteringizda texnik nosozlik röy berişi, aloqa uzilişi, kutilmaganda taşqi taʼsirlar paydo bölişi mumkinligi sezilarli xavotirga soldi. Masofiy bölgani uçun olisdagi nazoratçilar ozgina ortiqça harakatingiz va qanaqadir şovqindan şubhalansa, sizni imtihondan çetlatişi aniq edi. Savollarga javoblarni dastlab qoğozga yozib işlayotganingiz töğridan-töğri videoda aks etişi kerak. Söngra uni kompyuter klaviaturalari orqali terib jönatişingiz darkor. Har gal harflar, matematik va tiniş belgilarini bosiş uçun vaqt sarflaysiz, asabiylaşişingiz tabiiy. Ammo ruhiyatni ham keskin toblarkan. Internet orqali keçgan mazkur sinovlar bois ayni turdagi vaziyatlarga doir tajriba-könikmamni oşirib oldim. Xullas, zamon talabiga moslaşişimiz lozim.

Jurnalist Orifjon JÖRAYEV suhbatlaşdi.

×