NAMANGANDA XALQARO «GUL BAYRAMI» QAÇON ÖTKAZILADI?!

NAMANGANDA XALQARO «GUL BAYRAMI» QAÇON ÖTKAZILADI?!

Ötgan yili şu kunlarda Namangan şahrida yuqori saviyada taşkillaştirilgan 59-anʼanaviy Xalqaro «Gul bayrami» avjiga çiqqandi. Bir hafta davom etib, yakuniy tantanali taqdirlaş qismida mutloq ğoliblikni qölga kiritgan gulçi va taşkilotga viloyat hokimining sovğasi - «Spark» avtomobili topşirilgandi, faxrli va rağbatlantiruvçi örinlarga qimmatbaho mukofotlar berilgandi.

Oçiliş marosimida anvoyi gullar bilan bezatilgan maşinalar paradi unutilmas darajada uyuştirilib, barçaning havasini, hayratini oşirgandi.
Öşanda ilk bor dunyoning öndan ziyod mamlakatidan jurnalistlar taşrif buyurib, xorijiy OAVlarda festivalning qizğin jarayonlarini keng yoritişgandi.

Joriy yil esa koronavirus pandemiyasi sabab 26 may - 1 iyun kunlari yubiley sifatida 60-marta ötkaziladigan bu katta tadbir ham töxtatildi. Yaxşi niyat va duo qilaylik. Ilohim, karantin tartibi tezroq butunlay yakunlanib, avgust oyida yoki qaçondir navbatdagi gullar namoyişini çiroyli tarzda nişonlaş, viloyat markazidagi Bobur nomli madaniyat va istirohat boğiga mehmonlarni çorlaş, odamlarning zavqu şavqiga guvoh böliş nasib qilsin!..


Orifjon JÖRAYEV.

×