Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va UNICEF xalqaro bolalar taşkiloti COVID-19 pandemiyasi davrida bolalarning tibbiy niqob taqişi yuzasidan tavsiya bilan çiqdi. Unda qayd etilişiça, 12 yoşdan oşgan bolalargagina niqob taqişni majburiy etib belgilaş mumkin. 5 yoşgaça bölgan bolalardan esa niqob taqişni talab qilmaslik kerak.
"5 yoşdan kiçik bolalar niqob taqmasliklari kerak. Uşbu tavsiyanoma xavfsizlik nuqtai nazaridan, bolaning umumiy manfaatlarini hisobga olgan holda işlab çiqilgan", deyiladi tavsiyalarda.
JSST va UNICEF 12 va undan katta yoşdagi bolalarga niqoblardan kattalar bilan bir xil şaroitlarda foydalanişni tavsiya etadilar. Ayniqsa, agar infektsiyaning ommaviy tarqalişi zonasida bola boşqalardan kamida bir metr masofada joylaşganligini taʼminlaşning iloji bölmasa.
Taşkilotlarning fikriga köra, 6 dan 11 yoşgaça bölgan bolalarning niqob kiyişlari kerakligi töğrisidagi qarorda, hududida yuqumli kasallik tarqalişi darajasi, bola niqobni xavfsiz va töğri işlatişga qodirligini hisobga oliş kerak. Şuningdek, niqoblarning mavjudligi, ularni muayyan şaroitlarda yuviş (masalan, maktabda yoki bolalarni parvarişlaş markazida), bundan taşqari, kattalar tomonidan tegişli nazoratni amalga oşiriş va bolaga niqobni kiyişda yordamlaşiş, yeçib oliş va xavfsiz kiyiş böyiça körsatmalar beriş imkoniyati hisobga olinişi kerak.
Tavsiyada aytilişiça, 6 yoşdan 11 yoşgaça bölgan bolalar uçun niqob kiyiş töğrisida qaror qabul qilayotganda, bolani örganiş va ruhiy-ijtimoiy rivojlanişi uçun niqob kiyişning mumkin bölgan oqibatlarini hisobga oliş kerak. Bu öqituvçilar, ota-onalar va tibbiyot mutaxassislari bilan birgalikda baholanişi kerak.









