Özbekiston OTBdan yana 200 mln dollar kredit oladi

Özbekiston OTBdan yana 200 mln dollar kredit oladi

Özbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan yana 200 million AQŞ dollari miqdorida kredit oladi. Olingan kredit mablağlari elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oşirişga sarflanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oşirişda Özbekiston Respublikasi byudjetini qöllab-quvvatlaş uçun Osiyo taraqqiyot bankining 200 million AQŞ dollari miqdoridagi kreditini jalb qiliş töğrisida”gi qarori loyihasida belgilangan.

Mazkur hujjat loyihasida keltiriliça, 200 million AQŞ dollari miqdori 3 yillik imtiyozli davrni öz içiga olgan holda 15 yil muddatda qaytariş şarti bilan ajratiladi. OTB mablağlarni 2020 yil 28 sentyabrda ajratadi.

OTB krediti Özbekiston Respublikasining respublika byudjeti xarajatlarini hamda qisman “Elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş” loyihasini (keyingi örinlarda – loyiha) moliyalaştiriş uçun ajratiladi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş va monitoring qiliş, OTB tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilişi yuzasidan ijro etuvçi organ hisoblanadi.

OTB asosiy kreditini söndiriş, şuningdek ular böyiça foizlar, majburiyat uçun tölovlarni tölaş bilan boğliq xarajatlar Özbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

Moliya vazirligi elektr energetikasi sohasidagi islohotlarni amalga oşirişda byudjetni qöllab-quvvatlaş uçun OTB tomonidan ajratilgan kredit hisobidan “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatiga loyihani moliyalaştirişga 82 million AQŞ dollari miqdoridagi mablağlarni, ön beş yil muddatga uç yillik imtiyozli davri bilan olti oylik LIBOR+1,25 foiz) tölaş şarti bilan kredit ajratadi.

×