Toşkentda öquv-maşğulot yiğinini davom ettirayotgan “Qizilqum” futbolçilari yiğin doirasida uçinçi nazorat uçraşuvini keça “Buxoro”ga qarşi ötkazişdi.
“Qizilqum” futbolçilari avvalgi ikki uçraşuvni “Surxon” (1:1) va “Söğdiyona” (0:0)ga qarşi ötkazişgandi. Yiğin doirasida uçinçi nazorat uçraşuvida ular buxoroliklarni taslim etişdi -3:1.
Navoiyliklar öyin taqdirini birinçi bölimdayoq hal etişdi. "Qizilqum" tarkibida körikdan ötayotgan rossiyalik legioner Ruslan Margiyev ikki bor raqib darvozasini işğol etgan bölsa, yana bir gol boşqa bir legioner astraliyalik Stiven Lustitsa hisobiga yozildi.
Mazkur uçraşuvni "Qizilqum" quyidagi tarkibda ötkazdi: Yevgeniy Çeremisin, Şerali Jörayev, Azizbek Usmonov, Laşa Totadze, Salim Mustafoyev, Saidjamol Davlatjonov, Stiven Lustitsa, Ruslan Margiyev, Alişer Sanoyev, Doston Ibragimov, Mate Vattsadze.
Ikkinçi bölimda maydonga tuşganlar: Artyom Makosin, Vohid Şodiyev, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Mirjalol Qosimov, Muhsin Ubaydullayev, Sardor Jahonov, Nodirxon Kamolov, Suhrob Yaraşev.
Jamoa tarkibidagi özgarişlarga töxtaladigan bölsak, yana ikki nafar futbolçi Maqsud Karimov va Murod Bobojonov jamoa maşğulotlarida iştirok etişmayapti. Şuningdek, Toşkent yiğinida jamoa tarkibiga kelib qöşilgan Jalil Kimsanov ham ayni paytda jamoa bilan birga emas.
Navoiylik futbol işiqibozlariga yaxşi taniş bölgan hujumçi Vohid Şodiyev, yarim himoyaçi Nodirxon Kamolov, asli navoiylik bölgan yarim himoyaçi, birinçi davrada “Buxoro” şarafini himoya qilgan Doston Ibragimov ayni paytda jamoa körigida bölib turişibdi.
“Buxoro”ga qarşi uçraşuvdan keyin futbolçilar qisqa muddatli taʼtilga çiqişdi. Ikkinçi davraning ilk uçraşuvini “Qizilqum” 26 iyul kuni safarda “Navbahor” jamoasiga qarşi ötkazadi.









