Orenburg va Samara viloyatlarining Rossiya-Qozoğiston çegarasida töplangan 3,5 mingdan ortiq Qirğiziston va Özbekiston fuqarolari uylariga keta boşladilar. Bu haqda «RIA Novosti» Orenburg viloyati hokimligiga asoslanib xabar berdi.
Viloyat hokimligiga köra, Rossiya-Qozoğiston çegarasida, Orenburgning Buzuluk tumani va Samara viloyati hududida 3 mingga yaqin Qirğiziston fuqarolari va 500 dan ortiq Özbekiston fuqarolari töplangan.
«Buzuluq tumani va Samara viloyati hududidagi Qirğiziston fuqarolari bugun va ertaga Qozoğiston Respublikasi çegarasi orqali ötkazilib, vatanlariga jönatiladi. Qirğiziston fuqarolarining umumiy soni qariyb 3 ming kişini taşkil etadi. Öz uylariga qaytişni istayotgan 500 nafar atrofidagi özbekistonliklar 6 avgust kuni çegarani kesib ötişlari mumkin, ular öz vatanlariga temir yöl orqali boradilar», — deyiladi viloyat maʼmuriyati xabarida.
«RIA Novosti» olgan maʼlumotga köra, muhojirlar töplangan hududda köplab qariyalar, homilador ayollar va bolalar bor.









