Habaringiz bölsa, joriy 2020 yilning 30 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” gi PF-6038-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon bilan
2020 yil 1 sentyabrdan boşlab pensiyalar, bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga, zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobar oşirildi.
Şuningdek, mazkur farmonning 4-bandiga köra ?
Tölaş muddati 2020 yilning iyul-sentyabr oylarida tugaydigan bolalari bölgan oilalarga va bola parvarişi bilan şuğullanadigan onalarga nafaqa tölaş navbatdagi 6 oy muddatga (bola tegişliça 2 yoş va 14 yoşdan oşmagan holatda) davom ettirilişi belgilandi.
️Agar Siz yuqoridagi nafaqa turlaridan birini olayotgan bölsangiz va uning tölaniş muddati iyul, avgust, sentyabr oylarida tugasa (tugagan bölsa) va keyingi 6 oyga uzaytirilmay tölaş töxtatib qöyilsa yoki mahalla fuqarolar yiğini xodimlari tomonidan qayta hujjat qiliş (şuningdek, qöşimça hujjatlar) talab etilsa unda zudlik bilan bu haqda öz xududingizdagi adliya organlariga yoki boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilişingiz mumkin.









