Svetlana Ortiqova qoraqalpoğistonlik prokurorlarga tanbeh berdi

Svetlana Ortiqova qoraqalpoğistonlik prokurorlarga tanbeh berdi

Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining örinbosari Svetlana Ortiqova qoraqalpoğistonlik hamkasblariga tanbeh berdi. Bu haqda Svetlana Boymirzayevna «Xabar.uz» muxbiri bilan suhbatda maʼlum qildi. 

Jurnalistning  qoraqalpoğistonlik davlat arbobiga oid notöğri axborot eʼlon qinişi ortidan ayrim mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari qoq yarim tunda prokuratura organlariga çaqirtirilib, tuşuntirişlar xati yozdirilişi barobarida iş qurollari olib qöyilganiga oid savoliga Boş prokuraturaning köp ğalvalarga balogardon mutasaddisi quyidagiça javob berdi:

— Keça şu masalada Qoraqalpoğiston prokurori bilan gaplaşdim. Vaziyatni muhokama qiliş jarayonida holat yuzasidan suriştiruv ötkazgan xodimlarning xatti-harakatini oqlab bölmasligi aytib, ularga qattiq tanbeh berdim. Qorqalpoğistonlik ayrim hamkasblarim keçaning özida mahalliy jurnalistlardan uzr söraşgan.... Ayni paytda öşa xodimlarining xatti-harkaratlari örganilmoqda, natijasiga qarab tegişli çora köriladi. Naçora, guruç kurmaksiz bölmas ekan-da...  Biroq bu — endi notöğri axborot tarqatilganlik holati «yopilib» ketar ekan-da, degan maʼno anglatmaydi. Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda. Natijasiga qarab, qonuniylik taʼminlanadi baribir.

×