“Şu yetmay turuvdi”: 5 avgustda Yerga ulkan asteroid yaqinlaşadi

“Şu yetmay turuvdi”: 5 avgustda Yerga ulkan asteroid yaqinlaşadi

Avgust oyi boşida Yerga futbol maydoni kattaligida bölgan 2009 PQ1 asteroidi yaqinlaşadi. Uning tezligi soniyasiga 13,4 kilometr.

TOŞKENT, 27 iyul — Sputnik. Futbol maydoni kattaligida bölgan 2009 PQ1 asteroidi avgust oyi boşida Yerga maksimal darajada yaqinlaşadi. Bu haqda AQŞ milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boşqarmasining (NASA) bölinmasi maʼlum qildi.

Taʼkidlanişiça, samoviy jismning diametri 84 metrdan 190 metrgaça. Asteroid 5 avgust kuni Yerdan 3,2 million kilometr masofada soniyasiga 13,4 kilometr tezlikda uçib ötadi.

Asteroid 2009  yil 14 avgustda aniqlangan. U “Apollonlar” guruhiga tegişli bölib, uning parvoz yöli Yer orbitasini kesib ötadi. Keyingi safar 2009 PQ1 asteroidi 2137 yilda Yerga yaqinlaşadi.

Eslatib ötamiz, 29 aprelda diametri tört kilometrgaça bölgan № 52768 (1998 OR2) asteroid Yer yaqinidan öçib ötgandi.

×