Uzrli sabab bilan testda iştirok etmagan abituriyentlarning puli qaytariladi – DTM

Uzrli sabab bilan testda iştirok etmagan abituriyentlarning puli qaytariladi – DTM

Avvalroq, Davlat test markazi rasmiylari matbuot anjumanida testda qatnaşa olmagan abituriyentlarning tölagan pullari (115 000 söm) qaytarilmasligini maʼlum qilgandi.

DTMning javobi ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab böldi. Şu sababdan markaz uzrli sabab bilan imtihonda qatnaşa olmagan abituriyentlarga pullari qaytarilişini maʼlum qildi.

“Test sinovi uçun tölovni amalga oşirgan abituriyentlarning tölovi  har qanday holatda ham qaytarilmaydi degan tuşunça butunlay xato.

Misol uçun, dastlab test sinovlari ötkaziladigan taʼlim yönalişiga röyxatdan ötgan va tölovni amalga oşirgan, keyinçalik esa tanlagan taʼlim yönalişini töliq ijodiy imtihon böladigan yönalişga özgartirgan abituriyentlarning yoki şu kabi tölovni notöğri amalga oşirgan abituriyentlarning tölovlari hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarga qaytarilmoqda.

Şunigdek, test sinovlaridan söng, uzrli sabablarga köra test sinovlarida iştirok eta olmagan abituriyentlarning tölovlari qaytarilişini maʼlum qilamiz”, deyiladi DTM bayonotida.

Ammo Davlat test markazi qanday hollar “uzrli sabab” sifatida ötişiga aniqlik kiritmagan. Bu esa yangi savollarni tuğdirişi tabiiy. Negaki, vaqti kelib, imtihonlarda qatnaşa olmagan abituriyentlar tölagan pulini qaytarib olişni xohlasa, kimlar uni olişi mumkinu, kimlar mumkin emasligi yangi muammolarga sabab böladi.

×