Namanganda koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan yurtdoşlarimiz birin-ketin şifoxonalarni tark etişmoqda.
Kuning birinçi yarmida 34 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida soğayganligi haqida xabar qilingan edi. Hozirgina viloyat reabilitatsiya markazidan ham xuşxabar olindi. Muassasada davolanayotgan bemorlarning 28 nafari kunning ikkinçi yarmida oilasi bağriga qaytarildi. Ularning 23 nafari erkak,5 nafari ayoldir.
Butunlay soğayganlarning 15 nafari Namangan şahridan, 4 nafari Pop tumanidan, 3 nafari Töraqörğon, 2 nafari Uyçi, 2 nafari Namangan, bir nafari Yangiqörğon va yana bir nafari Çortoq tumanlaridan olib kelingan edi.
Şunday qilib bugun viloyatda bir kunning özida 62 nafar bemor butunlay soğaydi. Namanganda jami tuzaganlar soni esa 447 nafarga yetdi.









