2020-2021-öquv yili uçun oliy taʼlim muassasasining bakalavriat taʼlim yönalişlari uçun 13 yoşli abituriyent ham röyxatdan ötgan. Bu haqda bugun, 22 iyul kuni DTM direktori örinbosari Sardor Rajabov maʼlum qildi.
Bu yil Özbekiston böyiça 91 ta oliy taʼlim muassasacida öqiş uçun 1 million 484 ming 85 abituriyent hujjat topşirgan (2019 yilda 1 million 66 ming 926). Bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 417 ming 159 nafarga yoki 39,1 foizga köp.
Şundan, 2019/2020 öquv yili bitiruvçilari 536 ming 144 nafarni taşkil etdi. Tanlov körsatkiçi örtaça bir öringa 10,57 abituriyent iştirokiga töğri keladi. Eng yoş abituriyent 13 yoş, eng yoşi katta talabgor esa 95 yoşda.









