«Navbahor» sobiq xodimiga 500 ming dollar tölab berişi kerak

«Navbahor» sobiq xodimiga 500 ming dollar tölab berişi kerak

FIFA «Navbahor» klubiga sobiq xodimi Aleksey Belenkovga 500 ming dollar tölab beriş majburiyatini yukladi.

Taşkilotning nizolarni hal qiliş palatasi 63 yoşli rossiyalik mutaxassisning Namangan klubi ustidan şartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uçun kompensatsiya talab qilib yozgan daʼvosini qisman qanoatlantirdi. 

Endi «Navbahor» 30 kun içida yuqorida körsatilgan qiymatni tölab berişi şart. Aks holda FIFA intizom qömitasi tomonidan qöşimça jazoga tortiladi (oçkolardan mahrum qilinadi, quyi ligaga tuşirib yuboriladi).

Eslatib ötamiz, Aleksey Belenkov 2018 yil oktyabr oyida «Navbahor» bilan şartnoma imzolab, boş murabbiy Andrey Kançelskisga yordamçi qilib tayinlangan edi. 2020 yil yanvar oyida esa klubni tark etdi.

×