Koronavirus vaktsinasi: Rossiya marraga yaqinlaşyapti

Koronavirus vaktsinasi: Rossiya marraga yaqinlaşyapti

Avvalroq, Rossiyaning Seçenov universitetida koronavirusga qarşi dunyodagi ilk vaktsinani köngillilarda sinovdan ötkaziş nihoyasiga yetkazilgani haqida yozgandik.

Vaktsinani ixtiro qilgan N.F.Gamalei instituti direktori Aleksandr Gintsburg u avgust oyi boşida röyxatdan ötkazilişini va oy örtalarida muomalaga kiritilişini taxmin qilgandi. Olimning taxminlaridan keyin Rossiyada vaktsina bilan boğliq talaygina işlar yuz berdi.

Xususan, 15 iyul kuni koronavirus vaktsinasi sinovida iştirok etgan bir guruh köngillilar Seçenov universitetidan çiqarildi va uyiga javob berildi. Ularning ahvoli yaxşi. Vaktsinatsiya muvaffaqiyatli ötgani aytilmoqda.

Seçenov universitetining dori vositalarini klinik tadqiq qiliş markazi rahbari Yelena Smolyarçukning sözlariga köra, köngillilar vaktsinani mutlaqo yaxşi qabul qilgan. Endilikda ularga 100 ming rubl atrofida mukofot puli ham tölanadi.

Endi vaktsinani isteʼmolga çiqargunça böladigan rasmiyatçilik işlarining borişiga kelsak. Rossiya Soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşko ilk röyxatga oliş avgust oyining dastlabki ön kunligida yoki ikkinçi dekadaning boşida böladi, deya fikr bildirdi.

Öz navbatida, vazir ham N.F.Gamalei institutida tayyorlangan vaktsina yaxşi natijalar berayotganini qayd etgan.

Vaktsinani qöllaş masalasida deyarli çeklovlar yöq. Faqatgina immun tizimida oğir surunkali kasalliklari bor bemorlardan boşqa barça qöllaşi mumkin.

Şuningdek, Rossiyada “Vektor” virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi ham 2-3 haftadan keyin ekspertiza yakunlangaç, koronavirusga qarşi öz vaktsinasi sinovini boşlaşga ruxsat söragan.

Rossiyada yuz berayotgan voqealar koronavirusga qarşi vaktsina tez orada isteʼmolga çiqarilişi mumkinligidan darak beryapti.

×