Yötalga qarşi siropdan 300 dan ortiq ölim qayd etildi – JSST

Yötalga qarşi siropdan 300 dan ortiq ölim qayd etildi – JSST

23 yanvar, duşanba kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) sifatsiz va qalbakilaştirilgan yötal siroplari sabab 7ta mamlakatdan eʼtirozlar kelib tuşganini, jumladan, ularning uçtasida 300 dan ortiq odamning ölimi qayd etilganini maʼlum qildi. 

JSST maʼlumotlariga köra, halok bölganlarning aksariyati beş yoşgaça bölgan bolalardir.

«Sönggi tört oy içida qator davlatlar bolalar uçun retseptsiz beriladigan yötal siroplari tarkibida etilenglikol va dietilenglikol moddalarining mavjudligi yoki şunday deb taxmin qilingani haqida xabar bergan», – deyiladi press-relizda.

Qayd etilişiça, bu birikmalar sanoat erituvçilari va antifrizlar sifatida işlatiladigan zaharli kimyoviy moddalar bölib, ular oz miqdorda ham odamlar uçun halokatli bölişi mumkin.

JSST bergan maʼlumotga köra, ölim bilan boğliq holatlar Indoneziya, Gambiya va Özbekistonda sodir bölgan.

JSST tibbiy taʼminot zanjiriga aloqador asosiy manfaatdor tomonlarni zudlik bilan va muvofiqlaştirilgan çoralar körişga çaqirdi. Ular orasida hukumat va tartibga soluvçi organlarni:

  • JSSTning soğliqni saqlaş böyiça ogohlantirişlarida ölim va kasallikning potentsial sababi sifatida belgilangan har qanday sifatsiz tibbiy mahsulotlarni öz bozorlarida aniqlaş va muomaladan olib taşlaş;
  • tegişli bozorlardagi barça tibbiy mahsulotlar vakolatli organlar tomonidan sotiş uçun ruxsat etilganligini, şuningdek vakolatli/litsenziyalangan yetkazib beruvçilardan olinişini taʼminlaş;
  • tavakkalçiliklarni hisobga olgan holda, xalqaro normalar va standartlarga muvofiq, öz vakolatlari doirasidagi işlab çiqariş obʼektlarini tekşirişni takomillaştiriş va köpaytiriş uçun tegişli resurslarni ajratiş;
  • bozor nazoratini kuçaytiriş, xususan tegişli bozorlarda, şu jumladan norasmiy bozorlarda sotiladigan tibbiy mahsulotlar uçun maqsadli xavf-xatarlarga asoslangan testlarni ötkaziş;
  • sifatsiz va qalbakilaştirilgan dori vositalarini işlab çiqariş, tarqatiş va/yoki ulardan foydalanişga qarşi kuraşişga qaratilgan qonunlar va boşqa tegişli huquqiy çora-tadbirlarni zarur hollarda qabul qiliş va amalga oşirişga çaqirgan.

Eslatib ötamiz, 2022 yil dekabr oyining oxirida Özbekistonda ham uşbu holat qayd etilib, hind kompaniyasining «Dok-1 Maks» dori vositasini isteʼmol qilgan 18 nafar bola vafot etgani haqida xabar berilgan edi.


×