Joriy yilning 4 va 9 iyul kunlari Namangan viloyatining ikki tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi natijasida velosiped haydovçilar halok böldi. Bu haqda IIV xabar berdi.
4 iyul kuni soat 08:30 larda Uyçi tumani “Mustaqillik” mahallasi hududida şu tumanda yaşovçi fuqaro öziga tegişli bölgan “VAZ-21063” rusumli avtomaşinasini boşqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yölni kesib ötayotgan velosipedçini urib yuborgan. Afsuski, körsatilgan tibbiy yordamga qaramay jabrlanuvçi 9 iyul kuni şifoxonada vafot etgan.
Hozirda mazkur holat böyiça tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Bundan taşqari, 9 iyul kuni sodir bölgan YTH ham afsuski ayançli yakun topgan. Soat 16:30 larda Kosonsoy-Namangan yölining 17 kmda tumanda yaşovçi fuqaro Damas rusumli avtomaşinasini boşqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yölni kesib ötayotgan velosipedçini urib yuborgan.
Şifokorlar tomonidan körsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay oğir tan jarohati bilan şifoxonada vafot etdi.
Hozirda uşbu holat böyiça tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.









