Şu yilning 31 may kuni Kitob tumanida koronavirus bilan kasallanganlik böyiça gumonlaniş holati qayd etilgan edi. Öşanda tuman hududi qatʼiy karantinga olinib, yopilgandi.
Oradan bir kun ötib, Soğliqni saqlaş vazirligi mazkur hodisa yuzasidan rasmiy bayonot bergandi.
Kitoblik qurbon tarixi
Unga köra, gumonlanuvçi, 1963 yilda tuğilgan fuqaro N.O. Kitob tumanida yaşagan. U 2020 yil 10 aprel kuni Qozoğiston Respublikasiga ketgan (buni karantin davrida qanday uddalagani nomaʼlum!). Joriy yil 9 may kuni yurtimizga qaytib kelgan va Toşkent viloyatidagi Karantin markaziga tibbiy kuzatuvga olingan. Bir kun ötib, 10 may kuni esa Yakkasaroy tuman tibbiyot birlaşmasi terapiya bölimiga pnevmoniya taşxisi bilan yotqizilgan.
Ötkazilgan diagnostik taxlillardan söng bemorda koronavirus aniqlanmagan(!). Bundan avval u jigar tsirrozi taşxisi bilan davolangan.
Şu yilning 29 may kuni Kitob tuman tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tibbiy yordam bölimiga olib kelingan. Koronavirus infektsiyasiga olingan tahlil unda gumon natijani (!) qayd etgani bois surtma namunalari 31 may kuni örnatilgan tartibga köra, maxsus laboratoriyaga yuborilgan. Şu kuni u ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Şu yilning 31 may kuni yuborilgan surtma namunalarini takror tekşiruv natijalariga köra, marhum bemorda koronavirus infektsiyasi aniqlanmagan(!).
«Demak, bir oy içida ötkazilgan ikkinçi bor diagnostik tahlil ham N.O. koronavirusga çalinmaganligini (!) körsatgan. U yondoş kasalliklar tufayli vafot etganligi maʼlum böldi. Şunday bölsa-da, qatʼiy sanitariya qoidalariga köra, karantinga olingan fuqarolar maʼlum muddat tibbiy kuzatuvda bölişadi» — deyilgandi SSV bayonotida.
Qaşqadaryoda koronavirus öçoği paydo böldi
Keça, 16 iyun soat 23:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 165 nafarga oşdi! Sanoqli soatlarda bunça kasallik qayerdan çiqdi?
SSV xabarida aytildiki, şulardan 104 nafari Qaşqadaryo viloyatida koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olinganlar orasida aniqlangan. Bugun maʼlum bölişiça, uşbu holatlarning bir qismi Kitobga töğri keladi.
«Koronavirus aniqlanmagan» qurbon kasallik tarqatgan bölib çiqdi
Bugun, 17 iyun kuni Kitob tumanida koronavirusga çalinganlik holati böyiça bugungi vaziyat haqida rasmiy maʼlumot berildi.
Unga köra:
- Kitob tumanidan jami 73 nafar kişi viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida karantinga olingan;
- Şulardan 5 nafar kişida avvalroq kasallik aniqlanib, tasdiqlangan;
- Karantinga olinganlar içidan bugungi holatda yana 20 nafar kişida kasallik aniqlanib, tasdiqlandi;
- Hozirgi paytda jami kasallanganlar soni 25 nafarni taşkil etmoqda;
- Şulardan 17 nafari tibbiyot xodimlari, qolgan 9 nafar fuqaro, Toşkentdan oğir ahvolda Kitobga, yaʼni uyiga qaytib kelib, tez yordam maşinasi orqali tuman şoşilinç ravişda tibbiyot birlaşmasiga keltirilgan,barça tibbiy yordam çoralari körilişiga qaramay, kasallikning oğir alomatlari tufayli vafot etgan bemor bilan muloqotda bölgan (!) yaqinlaridir;
- Kasallik aniqlangan jami 25 nafar bemorlarning hozirda ahvoli yaxşi;
Ayni paytda viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida karantinga olingan kişilardan taşqari, tumanda kasallik yuqtirganlik holati qayd etilgani yöq, deyiladi xabarda.
Kasallik yaşirilganmidi yoki...
Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan koronavirus aniqlanmadi deb topilgan qurbon qanday qilib u bilan muloqotda bölgan 17 nafari tibbiyot xodimi va 9 nafar yaqiniga kasallik yuqtirdi? Öşanda şifoxonama-şifoxona köçirilib, oxiri vafot etgan bemorning haqiqiy kasalligini vazirlik yaşirgan edimi yoki Özbekistonda foydalanilayotgan testlar töğri taşxis (ikki martalab ötkazilgani aytilgandi) qöyib berolmaydimi?
Bu hodisaning yaxşi va yomon saboği bor. Öşanda töğri yöl tutilgani — qurbon bilan muloqotda bölganlarning karantinga olingani bölgan. Yomon jihati esa, bunday noaniqlik sabab önlab insonlarga kasallik yuqqanidir. Yanayam xavotirlisi, bu mavhum holat yagonamidi? Yoki koronavirus aniqlanmadi deya javob berib yuborilganlar, boşqa kasallikdan vafot etdi deya uyiga qaytarilgan marhumlar yana bölganmi?
Kuni keça prezident ötkazgan yiğilişda maʼlum qilindi, sönggi ikki haftada yuqiş manbai nomaʼlum bölib qolayotganlar soni Toşkent şahrida 57tani, Navoiy viloyatida 25, Toşkent viloyatida 22 va Qaşqadaryo viloyatida 3tani taşkil etgan. Tasavvur qilyapsizmi, aholi orasidagi 100dan oşiq kişining kasallikni qayerdan yuqtirgani maʼlum emas! Kasallik alomati hali sezilmasdan (14 kungaça sezilmasligi mumkin) aholi orasida yurgan yana qançalab insonlar borligini endi çamalab köravering. Ayrim işxonalarga işga qabul qiliş uçun majburiy testdan ökazilgan fuqarolar orasidan ham kutilmaganda kasallik çiqib qolayotgani sababi şunda.
Endi vaziyatni yaşiriş ahvolni yanada oğirlaştiradi
Şu kunlarda kasallik tarqalişi karantin kuçaytirilgan dastlabki davrga nisbatan ança oşdi. Bugun köçalar, bozorlar, oşxonalar odamlar bilan gavjum. Işxonalar oçiq, jamoat transportlari qatnovi yölga qöyilgan, karantin çeklovlari yumşatilib borilmoqda. Öz-özini izolyatsiya qiliş holati yöq. Odamlar ança xotirjamlikka berilgan. Biz endi pandemiya şaroitiga könikib, işimizni davom ettirişga majburmiz. Bunday holatda aniq va oçiq maʼlumotga har qaçongidan köproq ehtiyoj tuğiladi.
Toşkentda 7 iyun kuni koronavirus yuqtirgan 195 bemorning 183 nafari — bitta muassasada işlayotgan quruvçilar bölgani haqida aytilgandi. Lekin uşbu kompaniya nomi oşkor qilinmadi va bu öşa kompaniyaning obröyiga zarar yetkaziş mumkinligi bilan izohlandi.
Aytişlariça, öşa quriliş kompaniyasi faoliyatini quriliş obʼektlarida ham, sotuv ofislarida ham davom ettirayapti. Lekin aholi koronavirus öçoğiga aylangan bu obʼekt haqida xabardor emas.
Qaysidir idoradan bitta kasallik aniqlangani aniq aytilsayu, yuzlab odam virus yuqtirgan joy aytilmasa, ğalatiroq emasmi?
Qayerda virus öçoği paydo böldi, qaysi hududda, qaysi ofisda kasallik tarqaldi, hammasidan xabardor bölişimiz, şunga qarab ehtiyotimizni qilişimiz kerak böladi.
Katta ehtimolki, mamlakatimizda pandemiyaning ikkinçi tölqini endi boşlanadi. Avval boşida aholi orasida manbasi nomaʼlum sanoqli kasallik aniqlangan bölsa, endi önlab, yuzlab qayd etilmoqda. Xotirjamlikka berilmang. Özingizni, yaqinlaringizni ehtiyot qiling!









