Rasman! Özbekistonda masjidlarning oçiliş sanasi özgardi

Rasman! Özbekistonda masjidlarning oçiliş sanasi özgardi

Avvalroq, Özbekistonga koronavirus infektsiyasini kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan joriy yil 5 iyundan “yaşil” hududlarda diniy taşkilotlar faoliyatiga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 4 iyun kuni Respublika maxsus komissiyasi mazkur qabul qilingan qarorga izoh berdi. Unga köra, “yaşil” hududlarda diniy taşkilotlar faoliyati 5 iyun kunidan emas, balki 8 iyun kunidan boşlanadi.

Maʼlum qilinişiça, diniy muassasalarda (masjidlar, çerkovlar) ularning faoliyati qayta yölga qöyişda xavfsizlikni taʼminlaş uçun 5-8 iyun kunlari bir qator tayyorgarlik çoralari köriladi. Bu çoralarga quyidagilar kiradi:

- dezinfektsiya qiliş;

- ijtimoiy masofani saqlaşni (kamida 1,5 -2 metr) taʼminlaş uçun zarur bölgan maxsus belgilar, zarur jihozlar (pirometrlar, sanitariya va dezinfektsiyalaş vositalari, sanitariya gilamlari va boşqalar) bilan taʼminlaş;

- diniy muassasalar işçilari bilan öquv seminarlari va boşqalar.

“Mana şu çoralar barçasi amalga oşirilgaç, töliq xavfsizlik taʼminlangaç, diniy muassasalar, masjidlar 2020 yil 8 iyundan boşlab faqat “yaşil” hududlarda faoliyatini boşlaydi. Bunda sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda (himoya niqoblarini majburiy kiyiş şarti bilan), şuningdek, ijtimoiy masofa saqlagan (taşrif buyuruvçilar orasidagi masofa kamida 1, 5-2 metr) holda namoz öqiş mumkin böladi”, deyiladi izohda.

Taʼkidlanişiça, fuqarolarning kasallikni nomaʼlum manbalardan yuqtirişi va aholi örtasida koronavirus infektsiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida hozirça ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakşanba ibodatlari va boşqalar) taşkil etiş taqiqlanadi.

×