Britaniyada koronavirus yuqtiriş holatlari böyiça mutlaq rekord qayd etildi

Britaniyada koronavirus yuqtiriş holatlari böyiça mutlaq rekord qayd etildi

Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 11 mln nafardan oşgan.

Ötgan sutkada Buyuk Britaniyada 78 ming 610 kişida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Britaniyaning COVID-19 statistikasi böyiça saytida maʼlum qilindi.

Qayd etilişiça, bu mamlakatda pandemiya boşlanganidan buyon aniqlangan rekord körsatkiç hisoblanadi.

Maʼlumot berilişiça, 4671 holat «omikron» ştammi bilan boğliq.

Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 11 mln nafardan oşgan.

«Omikron» ştammi noyabr oyida JARda aniqlangandi. Bugunga qadar uşbu ştammni yuqtiriş holatlari 70dan ortiq mamlakatda qayd etilgan.

×