Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) Ebolaning yangi tölqini qayd etildi. Beş kişi, şu jumladan 15 yoşli qiz kasallikdan vafot etdi. Bu haqda "Qalampir.uz" naşri xabar berdi.
UNICEF maʼlumotlariga köra, jami töqqizta holat qayd etilgan. Bemor 18 maydan 30 maygaça bölgan muddatda vafot etgan.
Avvalroq, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Boş direktori Tedros Gebreyesus mamlakatning şimoli-ğarbiy ekvatorial viloyatida kasallikning oltita holati qayd etilgani haqida xabar bergan edi.
Bu mamlakatda ölimga olib keladigan virusning 11-tölqini. JSSTning bayonotiga köra, koronavirus bilan kuraşayotgan KDRning şarqiy qismida Ebola tarqalişi sönggi bosqiçga yetgan.
Afrikaning markazida joylaşgan Respublikada 3 195 ta koronavirus holati va 72 kişining ölimi qayd etilgan. Bugungi kunda qadar mamlakatdagi eng yomon epidemiya qizamiq bölib qolmoqda. Kasallikka qariyb 370 ming kişi çalingan. 2019 yildan beri qizamiqdan 6 779 kişi vafot etgan.
JSSTning taxminlariga köra, Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusining yangi avji kutilmoqda.
Maʼlumot uçun, eng yomon Ebola epidemiyasi 2014-2016 yillarda Liberiya, Serra-Leone va Gvineyada qayd etilgan. Uşbu epidemiya davrida 28 000 dan ortiq odam kasallangan va 11 000 dan ortiq odamlar vafot etgan.









