Toşkentda öqituvçi ayolni haqorat qilib, tazyiq ötkazib, işdan böşatgan rahbar jazolandi

Toşkentda öqituvçi ayolni haqorat qilib, tazyiq ötkazib, işdan böşatgan rahbar jazolandi

Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Nazorat-huquqiy xizmati va Toşkent viloyati Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat inspektsiyasi hamkorlikda Toşkent viloyati, Böka tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Anvar Xontörayevni xalq taʼlimi muassasalari faoliyatiga asossiz aralaşuvi, pedagog kadrlarning şaʼni va qadr-qimmati kamsitilişiga, mehnatga majburlaş, ularning kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga jalb qilgani uçun 22,3 mln. sömga jarimaga tortdi. Bu haqda "human.uz" xabar berdi.

Jumladan, Böka tumani hokimining örinbosari tomonidan tumanda joylaşgan taʼlim muassasalari rahbarlariga obodonlaştiriş hamda tomorqa işlari böyiça xatlov ötkaziş kabi topşiriqlar berilgan.

Xususan, A. Xontörayev joriy yilning 19 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-sonli qaroriga zid ravişda tumandagi 12-umumtaʼlim maktabida 53 nafar taʼlim muassasasi rahbarlari va mahalla faollariga yiğiliş ötkazib, 12-maktab direktori M.Xakimovaning öz vaqtida tomorqa böyiça aholini xatlov qilmaganligi uçun uning kasbiy faoliyatiga asossiz aralaşib, unga tazyiq ötkazib, barçani oldida izza qilib, şaʼni va qadr-qimmatini kamsitib, huquqlarini poymol etib undan tuman hokimi nomiga tuşuntiriş xati va joriy yilning 20 aprel kunidan işdan böşaş töğrisida arizasini olgan.

Bundan taşqari, 2020 yil 6-7 may kunlari hokim örinbosari A.B.Xontörayev tumanda faoliyat yuritayotgan 15-, 16-, 18-, 24-, 50-umumtaʼlim maktab direktorlariga tazyiq ötkazib, tuman markazidagi “Yoşlar maydoni”ga direktorlar va xöjalik işlari böyiça örinbosarlarini yaʼni 25 kişini maydonda ösgan ötlarni öriş kabi majburiy mehnatga jalb qilgan.

Xalq taʼlimi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati aralaşuvi bilan Anvar Xontörayevning Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga zid harakatlari yuzasidan töplangan hujjatlarga qonuniy baho beriş uçun vazirlik tomonidan joriy yilning 15 may kuni Toşkent viloyati Bandlik boş boşqarmasiga yuborilgan.

Öz örnida Toşkent viloyati Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat inspektsiyasi mazkur holatlarni qonuniy örganib çiqib hokim örinbosari Anvar Xontörayevga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi bilan 22,3 mln. söm jarima jazosi qöllanilgan.

2018 yil 14 avgustda Prezidentimizning “Yoşlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalaş, ularga taʼlim-tarbiya beriş tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilingan.

Qarorga köra, xalq taʼlimi xodimlarini xizmat majburiyati bilan boğliq bölmagan işlarga, majburiy mehnatga, şu jumladan, tuman va şaharlar hududlarini obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş, mavsumiy qişloq xöjaligi hamda boşqa turdagi işlarga jalb qiliş taqiqlanadi.

Hujjatning 16-bandiga köra, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga (telefon: 1007) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga (telefon: 2001176) pedagog xodimlarning huquq va erkinliklarini çeklaş holatlarini öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş maqsadida qonun hujjatlari talablariga rioya etilişi ustidan muntazam ravişda nazorat tadbirlarini ötkaziş hamda aybdor şaxslarning javobgarlikka tortilişini taʼminlaş vazifalari yuklatilgan.

×