Özbekistonda mayning sönggi haftasida ob-havo rekord darajada isiydi

Özbekistonda mayning sönggi haftasida ob-havo rekord darajada isiydi

«Özgidromet» tomonidan maʼlum qilinişiça, Özbekiston hududida ötgan dam oliş kunlaridan boşlab havo juda isiydi.

Harorat kudan-kunga kötarilib, 26 may kuni 35-39 daraja, janubda 39-40 daraja issiqni taşkil qildi. Eng yuqori haroratlar Qoraqalpoğistonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatildi, bu joylarda kunduzi havo 40-42 darajagaça, ayrim çöl tumanlarida 44 darajagaça qizidi.

Qayd etilişiça, bunday harorat körsatkiçlari Özbekistonda may oyining oxiri uçun xos emas. Respublikaning deyarli barça mintaqalarida şu kunning harorat rekordlari qayd etildi.

Özbekiston şimolida ayrim joylarda butun oy uçun maksimal haroratning yangi rekordlari qöyildi. Boşqaça qilib aytganda, Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatidagi köpçilik meteorologik stantsiyalar maʼlumotlariga köra, 2020 yil 26 mayda qayd etilgan bunday yuqori oylik harorat avval heç qaçon kuzatilmagan.

«Toşkenda, masalan, may oyida eng yuqori harorat 39,9 daraja bundan ança oldin 1902 yilda qayd etilgan. Oxirgi 20 yil içida eng yuqori oylik harorat 2004 yilda kuzatilgan va 38,6 darajani taşkil qilgan. Qolgan kuzatuvlar natijasida eng issiq yillarda Toşkentda may oyidagi harorat 37 darajadan yuqori bölmagan. Respublika janubida bu yil may oyi oxirining haroratlari öz rekord qiymatlari — 43-44 darajaga yetmaydi», — deyiladi xabarda.

Özbekistonda oyning oxirigaça, asosan, quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublika şimoli va çöl zonasida şamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Havo harorati 34-39 daraja issiq atrofida böladi, mamlakat şimoli, janubi va çöl zonasida 40-42 darajagaça kötariladi. 29–30 may kunlari harorat bir oz (2-3 darajaga) pasayadi. Yozning boşida ob-havoda sezilarli özgariş bölmaydi.

×