Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Boş prokuraturasi tomonidan Özbekistonning vakolatli idoralari iştirokida G.Karimova tomonidan jinoiy yöl bilan orttirilgan mulklarni Özbekistonga qaytariş böyiça olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida joriy yilning 14 may kuni Frantsiyadan 10 million AQŞ dollari miqdoridagi aktivlar Özbekistonga qaytarildi. Bu haqda Adliya vazirligining Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar berdi.
Mazkur mablağlar Özbekiston Respublikasi davlat byudjetiga ötkazib berildi va umumiy tartibda işlatiladi.
Qayd etiş joizki, mulklarni qaytariş böyiça barça muzokaralar va tadbirlar rasmiy darajada Özbekiston qonunçiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq olib borilmoqda.
Xususan, Adliya vazirligi va Boş prokuratura tomonidan Özbekistonning vakolatli idoralari iştirokida G.Karimova tomonidan jinoiy yöl bilan orttirilgan 1,3 mlrd. AQŞ dollaridan ortiq miqdordagi mulklarni qaytariş böyiça Şveytsariya, AQŞ, Frantsiya, Rossiya Federatsiyasi va boşqa davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda iş olib borilmoqda.
Mazkur mulklar xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan hibsga olinganligi munosabati bilan, ular G.Karimova (uning oila aʼzolari)ning tasarrufida emas. Şu bois, muqaddam ayrim OAVlarda xabar berilganidek, Özbekistonga mulklar va mablağlar bevosita G.Karimova yoxud boşqa alohida şaxslar tomonidan qaytarilişi mumkinligi haqidagi mulohazalar haqiqatga töğri kelmasligi yana bir bor taʼkidlanadi.









