Bugun, 10 mart kuni Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va şoir Yölçi Röziyev bilan boğliq mualliflik huquqiga doir iş Oliy sudda körib çiqildi. Iş şoir Röziyev foydasiga hal etilib, Yulduz Usmonovaning şikoyati qanoatlantirilmadi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerboyev maʼlum qildi.
Maʼlumki, 2021 yilning 20 sentyabr kuni fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudiga daʼvogar Yölçi Röziyev javobgar – Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga nisbatan “Xasta bölma” qöşiğining şeʼr muallifi sifatida mualliflik huquqlari buzilişiga çek qöyiş, mualliflik huquqlari buzilgani uçun tovon puli va maʼnaviy zarar undiriş haqidagi daʼvo arizasi bilan murojaat qilgandi.
Ötgan yilning 29 oktyabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan daʼvo ariza qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan daʼvogar Yölçi Röziyevga 50 000 000 söm maʼnaviy zarar uçun kompensatsiya, bazaviy hisoblaş miqdorining 500 barobar miqdorida yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undiriş belgilangan.









