Toşkentda 4 maydan bir qator idoralarning «eşiklari oçiladi»

Toşkentda 4 maydan bir qator idoralarning «eşiklari oçiladi»

Karantindagi çeklovlar sababli içki işlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlari fuqarolarni vaqtinça qabul qilişni töxtatgan edi.

IIBB xabariga köra, 4 may – duşanba kunidan boşlab Toşkent şahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasi hamda uning tuman bölinmalari fuqarolar qabulini davom ettiradi.

Iş kunlari: duşanbadan şanbagaça, dam oliş kunlari – yakşanba va bayram kunlari.

Iş vaqti: soat 9.00 dan 18.00 ga qadar. Tuşlik vaqti: 13.00 dan 14.00 gaça.

Şuningdek, 4 maydan boşlab Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi Tumanlararo röyxatdan ötkaziş va imtihon oliş hamda maʼmuriy amaliyot bölimlarida, şuningdek diagnostik stantsiyalarida (texnika nazorati) fuqarolar qabuli davom etadi.

Iş kunlari: duşanbadan şanbagaça, dam oliş kunlari – yakşanba va bayram kunlari.

Iş vaqti: soat 9.00 dan 18.00 ga qadar. Tuşlik vaqti: 13.00 dan 14.00 gaça.

Alohida qayd etiladiki: qabul sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga qatʼiy amal qilingan holda olib boriladi. Fuqarolardan tibbiy niqob taqiş va ijtimoiy masofani saqlaş söraladi.

×