Bugun, 1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori dambasidan suv çiqqan. Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boşqa tegişli taşkilotlar tomonidan tezkor çora-tadbirlar körilmoqda. Xususan, suv ombori yaqinidagi qişloqlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev vertolyotda zudlik bilan Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga yetib keldi.
Vaziyat töliq nazoratga olingan, sarosimaga tuşişga asos yöq.

Maʼlumot uçun, bugun, 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylaşgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv çiqişi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qörğontepa aholi yaşaş punktiga suv kirgan. Sardoba tumani “Qörğontepa” MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yaşaş punktlari Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilindi. Xususan, "Qörğontepa", "Döstlik", "Yurtdoş" MFYlardan jami 11598 nafar aholi şular jumlasidandir.
Jabrlangan va halok bölganlar böyiça maʼlumot kelib tuşmagan.
Avvalroq, Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov va qator rahbarlar ham evakuatsiya işlarini muvofiqlaştiriş uçun voqea joyiga yetib borgani xabar berilgandi.
















