Xokim Prezident avf etgan fuqarolar bilan uçraşdi

Xokim Prezident avf etgan fuqarolar bilan uçraşdi

Surxondaryoda avf etilganlar ijtimoiy hayotga yönaltirilmoqda, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati. Maʼlum qilinişiça, viloyat hokimi Töra Bobolov ular bilan uçraşgan.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Mustaqillikning 30 yillik” bayrami munosabati bilan “Ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida”gi Farmoniga binoan, Surxondaryo viloyatidan ham 4 nafar şaxslar jazoni ijro etiş muassasalardan ozod etilib, yaşaş manzillariga qaytgan.

Şu munosabat bilan Töra Bobolov afv etilganlarni qabul qilib, ularga xalqimizga xos bağrikenglik fazilatini namoyon etgan Prezidentning işonçini oqlab, soğlom turmuş tarzini yölga qöyiş, jamiyatda öz örnini topişi, yuz berayotgan özgariş va yangilanişlarning faol iştirokçisi bölişi lozimligini taʼkidlagan.

Mutasaddilarga afv etilganlarni ijtimoiy moslaştiriş, moddiy-maʼnaviy qöllab-quvvatlaş, salomatliklarini tiklaş, işga joylaştiriş va şu kabi boşqa hayotiy masalalarda amaliy yordam beriş yuzasidan tegişli körsatmalar berilgan.

×