“Biz zanjirni uzdik” — deydi bugun statsionar karantindan qaytgan şifokor-deputat-tadbirkor Akram Mirzaakbarov.
Ha, şifokorlarga har tomonlama qiyin. Çunki ular pandemiya davrida ham xavfli şifoxonalarda işlaşyapti, ham virus yuqtirib olişlari ehtimoli katta. Ayni fikrni statsionar nazoratda bölgan Namangan tumanining Şörqörğon qişloğida yaşovçi ham şifokor, ham tuman kengaşi deputati, ham tadbirkor Akram Mirzaakbarov faoliyati misolida kördik.
Fursatdan foydalanib, ikki haftalik “safar”dan söng bugun uyiga qaytgan qahramonimiz bilan internet orqali qisqa suhbat qurdik.
– Avvalo, analizingiz tahlili ijobiy çiqqanidan va oilangizga qaytganingiz bilan tabriklaymiz! Xabaringiz bor, oxirgi kunlarda statsionar karantindagi fuqarolar içidan koronavirusga çalinganlar köproq aniqlanyapti. Özi nima bölgandi, karantinga olinganingiz tarixi bilan örtoqlaşsangiz?
– Joriy yilning 1 aprel sanasida statsionar nazorat uçun Namangan muhandislik-quriliş institutining talabalar yotoqxonasiga bizni olib ketişdi. Mana, şukur, oradan 14 sutka ötib, javob berişdi.
Sababiga töxtalsam, tumanimizning özim istiqomat qiladigan Şörqörğon qişloğidagi “Tez yordam” bölimida 21 mart kuni navbatçilikka qöyilganmiz. Öşa kuni biz bilan birga işlagan M. ismli dispetçerimizda mart oyining oxirgi sanasida isitma kuçayib, koronavirusda gumonlandi va viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizildi.
U esa Namangan şahar köp tarmoqli markaziy poliklinikadagi şerigidan yuqtirgan. Hozir butunlay tuzalib, reabilitatsiyaga ötkazilgan. Asosiysi, u soğligi yomonlaşişi bilan vaqtida murojaat qilgan, şuning uçun turmuş örtoği, ota-onasi va farzandlariga yuqtirmagan. Lekin bizni karantinga jönatişdi. Özim vraç edim, hamrohlarimiz — hamşira T. va haydovçi U. lar teng safimizga qöşilişdi hamda bir binoda statsionar karantinni muvaffaqiyatli ötadik.
– Şifokor bölganingiz uçun sanitariya qoidalariga yanada qatʼiy amal qilgandirsiz? Tibbiy muolajalar ham oldingizmi, sizlarga eʼtibor va şaroit qay darajada böldi?
– Biz joylaşgan muassasaga yonimizdagi viloyat teri-tanosil dispantseri şifokorlari biriktirilgan ekan. Vazifalarini köngildagidek bajarişdi.
3 mahal issiq va sifatli taomlar, içimliklar, antiseptik vositalar bilan taʼminlaşdi. Bir kunda 2-3 mahal tana haroratimizni ölçaşdi, xonamizni, buyumlarimizni va özimizni dezinfektsiya qilişdi. Bizdan umuman isitma paydo bölmadi, şu sababli tibbiy muolajaga hojat bölmadi.
Taşqariga çiqmaslik, heç kim bilan muloqot qilmaslik böyiça doimiy kuzatuvda turdik. Xonadoşim, yaʼni haydovçimiz bilan ham masofa saqladik. Şifokor bölganim uçun tez-tez qölimni sovunlab yuriş odatim edi, niqobni ham iş jarayonida doim taqaman.
Xullas, qulayliklar yaratilgan, kamçilik sezilmadi. Masʼul xizmatçilar çiroyli muomalada bölişdi, yaxşi qaraşdi. Bu uçun Prezidentga, hukumatimiz va viloyatimiz hokimiga, viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi rahbariga çeksiz rahmatimizni izhor qilamiz!
– 14 kunlik statsionar hayot tartibingiz qay tarzda keçdi, çunki soğlom holda edingiz, ertalabdan keçgaça nimalar bilan band böldingiz, böş vaqt köpligi uçun zerikkandirsiz, diqqatingiz oşmadimi?
– Avvalo, tibbiyot xodimi bölganim bois tartib va çeklovlarni töğri tuşundim va sabr qildim. Aloqa vositalariga, mobil telefonlarga ruxsat bor edi. Uydagilar bilan gaplaşib turdim, onlayn körişib turdik. Oçiğini aytsam, bahonada dam ham olib oldim, özi karantinda aksariyat odamlar xonadonida hordiq çiqaryapti (kulgi smaylik jönatib).
Şaxsiy gigiyenik qoidalarga alohida eʼtibor qaratdim. Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarni kuzatdim. Mutaxassislarning mazkur kasallik bilan boğliq maʼlumotlarini diqqat bilan öqib bordim. Çet eldagi vaziyat, xastalikka çalingan bemorlar, karantinga olinganlar taqdiri bilan yurtimizdagi namunali şaroitni soliştirib, takror-takror minnatdorligim oşdi va şundan ham noliganlarga hayron qoldim.
Darvoqe, maʼlum muddat sukut saqladim, sokinlik yaxşi narsa ekan. Uzoq öylanib, şiftga tikilib yotdim. Xotirjamlik muhitida ötgan umrimga nazar soldim, sarhisobladim. “Nima işlarni qildim, qaysilariga ulgurmadim, yana qanday maqsadlar…” degan savollar xayolimni egalladi.
Rejalarimni qayta körib çiqdim, tahlillarimni pişitdim. Axir deputatman, hududimdan muammo va takliflar tuşgan. Yaqinda oçilgan xususiy şifoxonam istiqbolini keng tasavvur qildim.

Qolaversa, öz nomimda dehqon xöjaligim bor. Hozir rediska pişgan, orqasidan sabzi yetiladi, issiqxona ham qurmoqçiman.
– Akramjon, hamqişloqlar sizlardan koronavirus çiqmasligi uçun bezovtalik bilan faqat duoda bölişdi, ularning xavotirini his qildingizmi?
– Ha, xavotir sababini bilaman, mana, yuzimiz yoruğ böldi. Işoning, men turli gap-sözlarga eʼtibor bermayman. Hayot davom etadi, sinovli kunlar ortda qolyapti. Vahima kerakmas, Ibn Sino yozib ketganidek, vahimaning özi yarim kasallik, xotirjamlik yarim soğlikdir.
Sabr esa şifoning boşlanişidir. Toblanyapmiz, köpi ketib, ozi qoldi, Xudoxohlasa! Hozir biroz hayajondaman, ikki hafta uzoqda yaşadik. Oila aʼzolarim diydorini soğindim. Şuning uçun barçaga taʼkidlamoqçimanki, uyda qoling va yaqinlaringiz davrasida böling. Qanoat va matonat bilan bu körinmas baloni albatta, yengamiz. Ğalaba yaqin!
Muhimi, biz virus yuqtirgan inson bilan uçlamçi darajada muloqot qilgan bölsak-da, baribir hadik tuğilarkan. Lekin köpçilikning duosi bilan zanjirni uzdik. Endi biz bilan 1 aprelgaça uçraşgan kişilar bemalol xavotirlanmasalar böladi.
Lekin öşa gap: köçaga çiqmang, agar zarurat taqozo qilsa, masofa saqlang hamda niqob taqing, qöl va yuzlaringizni tez-tez sovunlab tozalaşni unutmang, salomatligingiz öz qölingizda!
Orifjon Jörayev suhbatlaşdi









