Tezkor xabar: 13 aprel soat 06:00dan boşlab Namangan şahri va Uçqörğon tumani hududida transport va fuqarolarning harakatlanişi butunlay töxtatiladi

Tezkor xabar: 13 aprel soat 06:00dan boşlab Namangan şahri va Uçqörğon tumani hududida transport va fuqarolarning harakatlanişi butunlay töxtatiladi

2020 yil 13 aprel soat 06:00dan boşlab Namangan şahri va Uçqörğon tumani, şu jumladan Qayqi qişloği hududida barça turdagi şaxsiy va xizmat avtotransport vositalari, mototransport (skuter), velosiped hamda fuqarolarning harakatlanişi butunlay töxtatiladi.

Uşbu çeklov viloyatga koronavirus infektsiyasini kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça viloyat maxsus komissiyasining yiğilişi bayoni bilan tadbiq etiladi.

Respublika maxsus komissiyasining bayonida körsatilgan harakatlaniş huquqi saqlab qolinadigan va maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan avtotransport vositalaridan taşqari, Namangan şahri va Uçqörğon tumani, şu jumladan Qayqi qişloği hududida faoliyat körsatayotgan sanoat korxonalari, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqaruvçi (şu jumladan ularni yetkazib beruvçi va autsorsing xizmatlari), eksportyor korxonalar, qişloq xöjaligida jalb etilgan (işçi-xodim va texnika)lar, şuningdek ularga tegişli faqat yuk taşişga ixtisoslaşgan “Damas” (Van va Labo) rusumli avtomaşinalari bundan mustasno.

Harakatlaniş töxtatilgan davr mobaynida qayd etilgan hududlarda yaşovçi fuqarolar faqat istisno tariqasida yaşaş uyidan 100 metr atrofidagi savdo nuqtalariga kuniga bir marotaba çiqib, hayotiy zarur ehtiyojlar – oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilişiga ruxsat beriladi.

Fuqarolarning karantin davrida joriy etilgan tartib va qoidalar hamda “özini yakkalaş” hayot tarziga zid ravişda sababsiz uydan taşqariga çiqişi, jamoat joylarida bölişi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasiga (Epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş) muvofiq maʼmuriy javobgarlikka sabab böladi.

Uşbu çeklovlar davrida Namangan şahri va Uçqörğon tumani mahallalar hududlaridagi, Qayqi qişloği hududidagi oziq-ovqat dökonlari, dorixonalar, Namangan şahridagi “Çorsu” va “Yaşil” dehqon bozorlari faoliyat körsatişga davom etadi. Barça mahallalar hududlarida doimiy köçma savdo dökonlari taşkil etib boriladi.

×