Tezkor xabar! Toşkent şahrida COVID poliklinikalar iş boşladi

Tezkor xabar! Toşkent şahrida COVID poliklinikalar iş boşladi

Toşkent şahrining 12 ta tumanida maxsus COVID poliklinikalari faoliyat boşladi. Ular har kuni 24 soat davomida işlaydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sönggi kunlarda dunyoda koronavirus infektsiyasi yana avj oldi. Ayniqsa, kasallikning Omicron ştammi sababli qator mamlakatlarda vaziyat ança tahlikali. Şu sababli köplab davlatlar keskin karantin çoralarini qöllaş orqali murakkab vaziyatni izga solişga urinmoqda.

Yurtimizda ana şu kabi salbiy holatlarning oldini oliş, xususan, koronavirus infektsiyasi aniqlangan, biroq xastalik klinik belgilarsiz yoki yengil şaklda keçayotgan bemorlar salomatligini nazorat qiliş, ularga ambulator va uyiga borgan holda sifatli tibbiy xizmat körsatiş maqsadida kunlik körsatkiçlar sezilarli darajada oşib borayotgan Toşkent şahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus poliklinikalar faoliyati yölga qöyildi.

Tibbiy-sanitariya muassasalari va xizmat körsatiş yönalişi yaqin bölgan 4 ta dispanser hamda 8 ta oilaviy poliklinika binosida iş boşlagan mazkur muassasalar aholiga har kuni 24 soat davomida xizmat körsatadi. Har bir muassasaga şifokorlar bilan bir qatorda, tibbiyot oliy öquv yurtlarining yetakçi mutaxassislari ham jalb qilingan.

 Şuningdek, bemorlarga şoşilinç tibbiy yordam körsatiş maqsadida uşbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, ekspress-test, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfektsiyalovçi eritmalar bilan taʼminlangan.

Murojaat qilgan bemorlar oğirlik darajasiga köra saralanib, ahvoli yengil fuqarolarga uyda davolanişlari uçun zarur tavsiya va koronavirusga qarşi dori-darmonlar bölgan «COVID-box»lar beriladi. Bemorning ahvoli oğir bölsa, zudlik bilan maxsus şifoxonaga yuboriladi.

Bundan taşqari, koronavirus kasalligiga qarşi emlaş işlarini samarali olib boriş maqsadida poytaxtimizdagi 12 ta köp tarmoqli va 66 ta oilaviy poliklinikalarda maxsus mobil brigadalar faoliyati ham yölga qöyildi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni şiddat bilan oşmoqda. Ayniqsa, Toşkent şahrida vaziyat murakkablaşib bormoqda.

×