Karantin Ramazongaça tugaydimi?

Karantin Ramazongaça tugaydimi?

Joriy yil Ramazon oyi katta ehtimol bilan 24 aprel kuni boşlanişi kutilmoqda. Şu nuqtai nazardan olib qaraydigan bölsak, ertaga, 11 aprel kuni nafaqat Özbekistonda, balki dunyoning barça musulmon mamlakatlarida koronavirus bilan boğliq muhim kun. 

Maʼlumki, koronavirus pandemiyasi bilan sabab köplab mamlakatlarda yuqori darajada karantin çeklovlari örnatilgan. Masjidlar ibodatlar uçun yopilgan, ularda, hatto, juma namozlari ado etilmayapti. Saudiya Arabistoni podşohligi ham Umra ziyoratiga taqiqlar qöydi bu taqiqlar Haj ziyoratiga nisbatan ham tatbiq etilişi ehtimoldan xoli emas.

Ayni vaqtda dunyo aholisini öylantirayotgan asosiy savol şu: karantin qaçon tugaydi? Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va mahalliy mutaxassislarning qayd etişlari, karantin mamlakatda koronavirus bilan boğliq sönggi holat qayd etilganidan yana 14 kun ötib tugaşi mumkin. 

Bu haqda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boşliği Nurmat Otabekov şunday degan edi:

“Karantin oxirigi aniqlangan bemor şifoxonaga yotqizilgandan keyin (alohidalangandan) 14 kun ötgandan keyin va bu holatga töliq işonç hosil qilgandan keyin karantinni bekor qiliş masalasi körib çiqiladi”. 

Agar ertaga, 11 aprel kunidan eʼtiboran Özbekistonda koronavirus bilan boğliq qayd etilmasa, Ramazon oyini xotirjam, viruslar xavfidan nisbatan xoli qarşilaymiz. Karantin çeklovlari ham birin-ketin bartaraf etiladi. Buning uçun karantin qoidalariga jiddiy rioya qilinişi juda muhim. 

Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirusni yuqtirib oliş bilan boğliq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgaça koronavirusga çalinganlar soni 624 nafarga yetdi. Bugungaça ularning 42 nafari davolandi va 3 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoşlar, karantin davrida zarurat bölmasa, köçaga çiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida ötkazing. Unutmang, #UydaHayotBor

Qalampir.uz

×