Gulnora Karimovaning "zapret"idan keyin Munisa Rizayeva özini öldirişga uringan

Gulnora Karimovaning "zapret"idan keyin Munisa Rizayeva özini öldirişga uringan

Munisa Rizayeva MyDay stories loyihasiga bergan intervyusida bundan bir neça yil avval Gulnora Karimovaning topşiriği bilan «zapret»ga tuşgani va bu holat unga qattiq taʼsir körsatgani haqida sözlab berdi. Bu haqda "Daryo" naşri yozmoqda.

«Gulnora Karimovaga men haqimda turli asossiz gap-sözlar yetkazişgan. Meni uning nomini sotişda ayblaşgan. Masalan, meni yölda YPX xodimlari töxtatganida, men ularga ‘Guli Karimovaning dugonasiman’, deb aytganmişman, göyo. Bu birinçisi. Bundan taşqari, öşa vaqtda unga yaqin bölgan bir guruh ayol xonandalar Karimovaga men haqimdagi bölmağur gaplarni gapirgan. Ularning kimligini juda yaxşi bilaman, hozirgaça ular bilan yaxşi munosabatdaman. Biroq ular mening bu vaziyatdan xabardorligimni bilişmaydi. Men hozirga kelib, ularning nega bunday qilganini tuşunyapman. Bu gaplar M&TVA taqdirlaş marosimidan bir kun avval bölgan. Öşanda menga «Yil qöşiği» va «Yil xonandasi» nominatsiyalarida mukofotni berişmoqçi bölişgan. Şuning uçun uşbu ‘intriga’ atayin uyuştirilgan. Gulnora Karimova men haqimdagi gaplarga işongan va ‘böldi, unga heç qanday mukofot bermaysizlar. Hamma yoqdan haydaysizlar’ deb körsatma bergan. Şundan söng meni Terra kompaniyasidan haydaşgan. Mening kompaniya bilan beş yillik şartnomam bor edi öşanda. Men Sevara Nazarxon bilan ‘Golos’ loyihasida qatnaşayotgan edim, Terra’ning direktori menga qönğiroq qilib, Guli sening ‘Golos’da qatnaşişingni istamayapti, tez Toşkentga qaytsang qayt, bölmasa, ‘zapret’ga tuşasan, dedi. Men ‘Golos’ning hamma saralaş bosqiçlaridan ötgan edim. Şunga qaramay, loyihadagi iştirokimdan voz keçib, Toşkentga qaytib keldim, lekin baribir ‘zapret’ga tuşdim. Yetti oy mendan hamma yuz ögirdi. Hamma özidan qörqib men bilan gaplaşişga qörqardi. Özimni xuddi ölgandek his etardim. Hatto, yurak xuruji bilan kasalxonaga ham tuşib qolganman, ota-onam meni yöqotişiga bir bahya qolgan. Özimni osib öldirişga ham uringanman», — deydi Munisa Rizayeva.

Maʼlumot uçun, M&TVA musiqa, tele va videomahsulotlar uçun Özbekiston milliy mukofoti bölib, u  2005—2012 yillarda qator sanʼat sohasi, radio va teleboşlovçilar, aktyor va rejissyorlarga topşirilgan. Xonanda Munisa Rizayeva 2012 yilda nomzodlar orasida bölgan.

×