Özbekistonlik olima koronavirusni butunlay yöq qiluvçi preparat yaratganini maʼlum qildi

Özbekistonlik olima koronavirusni butunlay yöq qiluvçi preparat yaratganini maʼlum qildi

Özbekiston Fanlar akademiyasi (ÖzFA) Özbekistonda yaratilgan preparat koronavirusni töxtatişi mumkinligi aytilgan maqolaga munosabat bildirdi.

Maʼlum bölişiça, «Özbekistonda yaratilgan preparat koronavirusni töxtatişi ehtimoli mavjud – Fanlar akademiyasi tadqiqotçisi» sarlavhali uşbu maqola «Kun.uz» saytida eʼlon qilingan, biroq keyinçalik saytdan öçirib taşlangan. Unda dorişunos olima Naima Aliqulova qölida koronavirusni butunlay yöq qiluvçi preparat borligi, uning natija berişiga işonişini taʼkidlagan.

Şuningdek, mutasaddi taşkilotlardan sado çiqmagaç, Özbekistonda farmatsevtik zavod oçib, koronavirusga qarşi dorisini işlab çiqariş uçun Özbekiston ixtirolari davlat röyxatida Davlat reyestrida röyxatga olingan, 2008 yilda 2 million dollarga baholangan «Siritsin» preparati patentini sotişga roziligini bildirgan.

ÖzFA bayonotida aytilişiça, maqola muallifi Naima Aliqulova hozirda ÖzFA Özbek tili, adabiyoti va folklori institutida mustaqil-izlanuvçi sifatida röyxatdan ötgan. Uning asosiy iş joyi Islom akademiyasi akademik litseyi hisoblanadi. Rahima Oçilova Fanlar akademiyasi Ösimlik moddalari kimyosi institutida 2004—2006 yillarda laborant bölib işlagan.

Fanlar akademiyasi Ösimlik moddalari kimyosi instituti maʼlumotiga köra, maqolada keltirilgan «Quvatin» va «Noglyukin» biofaol moddalarining ipak qurti pillasidan ajratib oliş texnologiyasi institut xodimlari tomonidan işlab çiqilgan. Uşbu biofaol qöşimçalar sport tibbiyoti uçun möljallangan va heç qaçon ularning virusga qarşi taʼsiri tekşirilmagan.

Şuningdek, «Siritsin» preparati diabet kasalligi uçun biofaol qöşimça sifatida işlatilgan.

«Maʼlumot örnida aytib ötiş lozimki, har bir yaratilgan dori vositasi belgilangan reglamentlar asosida sinovdan ötkaziladi va u bilan boğliq jarayonlar ‘Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati töğrisida’gi qonunga muvofiq amalga oşiriladi», — deyiladi ÖzFA axborot xizmati munosabatida.

Özbekistonda koronavirusga çalinganlar soni 2 aprel holatiga köra, 190 nafarga yetdi. Mamlakatda ilk koronavirus holati aniqlanganidan buyon hozirga qadar ikki kişi kasallik qurboniga aylangan.

×