Bugun, 16 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyatining Oltinköl tumanida yaşovçi 14 nafar fuqarolar koronavirus aniqlangan şifokor ayol bilan Frantsiyadan bir samolyotda uçib kelganligi hamda ular nazoratda ekanligi” töğrisida norasmiy xabarlar tarqaldi. Uşbu xabarlar yuzasidan Andijon viloyat hokimligi Matbuot xizmati örganib çiqib munosabat bildirdi.
Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov nazoratida 11 ta tegişli taşkilotlarning rahbarlari va örinbosarlaridan iborat viloyat ştabi taşkil etilgan bölib, ştab mutaxasislariga tegişli vazifa va körsatmalar berilgan, tizimli işlar taşkil etilmoqda. Şuningdek kunlik axborot va tahliliy maʼlumotlar taqdim etilmoqda.
“Koronavirus infektsiyasini Andijon viloyati hududiga kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş” böyiça viloyat ştabi bergan maʼlumotlarga köra uşbu norasmiy xabarlar asossizligi aniqlandi.
Viloyat ştabi maʼlumotlariga köra Oltinköl tumanida joylaşgan zahira izolyatorida 21 nafar fuqaro bölib, ular Andijon viloyatining turli joylarida yaşaydi. Uşbu fuqarolar Turkiya, Rossiya davlatlaridan kelganlar, şuning uçun karantinga - alohida tibbiy kuzatuvga olingan, ularda kasallik alomatlari yöq: tana harorati kötarilişi, quruq yötal, nafas qisişi va boşqa belgilari yöq, ularning har biri 14 kunlik tibbiy kuzatuv – karantin tugagandan keyin yana qonda virus bor-yöqligi aniq tekşirilgandan söng maʼlumotnoma taqdim etilgan holda uyiga javob berilişini bildirdi.
Uşbu fuqarolar Koronavirus aniqlangan şifokor ayol bilan bir samolyotda Frantsiya davlatidan kelmaganligi aniqlandi.
Asossiz maʼlumotlar tarqatiş jinoiy javobgarlikka sabab bölişi mumkinligini eslatib ötamiz”, deyiladi xabarda.
Koronavirus infektsiyasini Andijon viloyati hududiga kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş böyiça viloyat ştabi maʼlumotlariga köra 2020 yil 16 mart kungi holatiga Andijon viloyatida koronavirusga çalinganlar aniqlanmagan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirus bilan boğliq ilk holat keça, 15 mart kuni soat 06:00 da qayd etildi. Uşbu virusni yuqtirib olgan bemor – oliy toifali şifokor 11 mart kuni Frantsiyadan qaytgan bölgan. Ayni vaqtda uşbuvirusni yuqtirib olgan bemorlar soni 8 nafarga yetdi.
Maʼlumot uçun, dunyo böyiça 170 002 kişi koronavirusga çalingan. Şundan, 6524 nafar bemor vafot etgan, 77 778 nafar bemor xastalikdan foriğ bölgan.
Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan boğliq vaziyat sabab vahima kötarişga asos yöq. Virusni yuqtirib olmaslik uçun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.









