Koronavirusga çaliniş holati qayd etilmagan yagona qitʼa – Antarktida. Bu haqda Jons Hopkins universiteti loyihasi maʼlumotlari darak bermoqda.
Real vaqt rejimida kasallik yuqiş holatlari qayd etiladigan interaktiv xaritaga köra, Antarktidada heç kim COVID-19 kasalligiga çalinmagan. Qitʼada bir neça ming kişi — qutb stantsiyalari xodimlari yaşaydi.
Sönggi maʼlumotlarga köra, dunyo böyiça koronavirus bilan zararlanganlar soni 153 ming kişidan oşgan, 5,7 mingdan ortiq kişi vafot etgan, 72,5 mingdan ortiq kişi tuzalgan.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti koronavirusni pandemiya deb eʼlon qildi.









