Maktablarda öquv soatlari kamaytiriladi

Maktablarda öquv soatlari kamaytiriladi

Özbekiston Respublikasi Boş davlat sanitariya şifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida 1-4-sinf öquvçilarining haftalik öquv soati jami 88 soat belgilangan. Amalda bu soat 98,5 soatni taşkil etib, belgilangan meʼyordan 10,5 soat oşib ketgan. Şu sababli, boşlanğiç sinflarning öquv soatlari Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqlaştirildi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi hamda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri tomonidan tasdiqlangan 2019 yil 30 sentyabrdagi “Özbekiston Respublikasi Prezidentining 5 taşabbusini amalga oşiriş töğrisida”gi majlis bayoni ijrosini taʼminlaş maqsadida umumiy örta taʼlim maktablarida doimiy tarzda ommaviy sport turlari musobaqalarini ötkaziş orqali öquvçilarning jismoniy soğlom bölişlari, ular örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş işlari yölga qöyilgan.

Şu sababli, 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanining haftalik öquv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.

Endilikda “Çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik” fani öqituvçisi “Jismoniy tarbiya” fani öqituvçisi bilan hamkorlikda öquvçilar örtasida turli sport musobaqalarini ötkazadi.

Şu sababli, 10-11-sinflarda “Çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik” fanining haftalik öquv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy örta taʼlim maktablari uçun 2020-2021 öquv yiliga möljallangan tayanç öquv rejasida bu qayd etildi.

×