Bugun, 23 dekabr kuni e-notarius.uz axborot portali orqali birinçi onlayn notarial harakat masofadan turib rasmiylaştirildi. Bu Markaziy Osiyoda miqyosida ham notariusga bormasdan turib amalga oşirilgan birinçi onlayn notarial harakatdir. Bu haqda Adliya vazirligining Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar berdi.
Fuqaro U. V. notarial idoraga kelmasdan turib, voyaga yetmagan farzandini çet elga çiqişga rozilik beriş arizasini videokonferentsaloqa yordamida rasmiylaştirdi. Mazkur xizmat test rejimida işga tuşirildi va keyingi yilning boşidan töliq tatbiq etiladi.
Aholiga qulaylik yaratiş maqsadida ayrim notarial harakatlarni amalga oşiriş uçun notarial idoraga bormasdan, notarius qabulida navbat kutmasdan, uydan yoki dunyoning istalgan joyidan turib, ayrim notarial harakatlarni masofadan, yaʼni vidiyeokonferentsaloqa yordamida e-notarius.uz axborot portali orqali amalga oşiriş imkoniyati yaratildi.
Endilikda e-notarius.uz axborot portali orqali mol-mulkni boşqa şaxsga ötkaziş bilan boğliq bölmagan işonçnomani tasdiqlaşni, ijro xatini yozişni, arizadagi imzoning haqiqiyligini şahodatlaşni (doimiy yaşaş joyi va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga qöyişga rozilik, voyaga yetmagan farzandni çet elga çiqişga rozilik beriş bilan boğliq ariza va majburiyatnomalar), şuningdek tölovlarni ham amalga oşiriş mumkin.
Qanday amalga oşiriladi?
Onlayn notarial harakatni rasmiylaştiriş uçun e-notarius.uz axborot portaliga kirib, respublikadagi istalgan notariusga masofadan turib notarial harakatni rasmiylaştirişni sörab murojaat qilinadi.
Fuqarolarga qulaylik yaratiş maqsadida murojaat qiluvçining şaxsiga oid maʼlumotlar ONE ID — Identifikatsiyalaşning yagona tizimi orqali avtomatik ravişda töldiriladi. e-notarius.uz axborot portalida notariusga murojaat qilişning tartibi va bosqiçlari fuqarolar tuşunişi uçun qulay şaklda, alohida eslatmalar bilan özbek va rus tillarida joylaştirilgan.
Maʼlumotlar murojaat qiluvçining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangandan söng, onlayn notarial harakat uçun tölov kvitantsiyalari ham avtomatik ravişda şakllantiriladi.
Murojaat qiluvçi va notarius kelişilgan vaqtda notarial harakatni röyxatdan ötkaziş uçun videokonferentsaloqaga çiqadi va notarial harakat rasmiylaştiriladi.
Özbekistonda onlayn notarial harakatlar davri boşlandi va Adliya vazirligi bu amaliyotni doimiy kengaytirib boradi.









